logo
Orqaga qaytish

GM Powertrain-Uzbekistan zavodi yovvoyi hayvonlar va tabiiy borliqni saqlagani uchun sertifikatga ega bo‘ldi

10.11.2016

Toshkent viloyatidagi  dvigatel ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “GM Powertrain-Uzbekistan” zavodi bioxilma-xillikni oshirish, tabiiy borliqni saqlashga yo‘naltirilgan tadbirlarni o‘tkazish va bu tadbirlarga  hamkorlarni jalb etish, hamda ona-tabiatni asrash bo‘yicha aholining bilim darajasini oshirish borasida  amalga oshirgan  namunali ishlari uchun Wildlife Habitat Council tashkiloti tomonidan taqdirlandi.

Xususan,  “GM Powertrain-Uzbekistan”  qo‘shma korxonasi mahalliy daraxtlarni butab, ularga shakl berish yo‘li bilan yovvoyi tabiatni saqlash hamda qushlar yashashi uchun qulaylik yaratish bo‘yicha amalga oshirgan ishlari uchun maxsus sertifikat bilan  taqdirlandi.

The Wildlife Habitat Councilning sertifikatlashtirish bo‘yicha dasturi  korporativ hududlarda jamoa a'zolari va ishchilar hamda rahbarlar hamkorligida yovvoyi hayvonlarni saqlash, ularning  tabiiy sharoitda yashashi, ko‘payishi uchun sharoit yaratishni ta'minlaydi. Shuningdek mazkur dastur ekologik konsepsiyani o‘rgatishdan boshlab, ona-tabiatni saqlashda insoniyatning o‘rnigacha barcha mavzularda insonlarning ongini oshirishni ham qo‘llab-quvvatlaydi. 

Eslatib o‘tamiz, “GM Powertrain-Uzbekistan”  doimiy ravishda Birds.uz kabi nodavlat tashkilotlari bilan hamkorlikda universitet talabalari va bolalarni  o‘qitish, ishchilar vositasida atrof-muhit muhofazasiga qaratilgan axborot-targ‘ibot faoliyatini olib borish bo‘yicha  jamoatchilik dasturlarini tashkil etib keladi.

                                               “O‘zavtosanoat “ AK axborot xizmati 

 

Boshqa yangiliklar

tepaga