logo
Orqaga qaytish

“GM Uzbekistan” AJda ishlab chiqarish qaytadan yo‘lga qo‘yildi

06.09.2016

Avval xabar berganimizdek,  Asakadagi “GM Uzbekistan” AJ da yillik reja bo‘yicha avgust oyida  profilaktika ishlari o‘tkazilishi munosabati bilan ish to‘xtatilgan edi.

Yillik rejaga ko‘ra ehtiyot chorasi sifatida qilinadigan ishlar jadvalida ko‘zda tutilgan barcha chora-tadbirlar muvaffaqiyatli yakunlanib, joriy yilning  5-sentyabridan  Asaka avtomobil zavodidagi  ishlab chiqarish liniyalari ishga tushirildi. Ayni paytda  zavod ko‘zda tutilgan reja parametrlariga muvofiq tarzda  shtat rejimida faoliyat yuritmoqda.

                                                                    “O‘zavtosanoat” AK axborot xizmati

Boshqa yangiliklar

tepaga