logo
Orqaga qaytish

«GM Uzbekistan» AJ Rossiyada 1176 ta Ravon avtomobilini sotdi

07.12.2016

«GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyati 2016-yilning iyul—noyabr oylarida Rossiyada 1176 ta Ravon avtomobillarini sotdi. Yevropa biznesi assotsiatsiyasi avtomobil ishlab chiqaruvchilari qo‘mitasining ma’lumotlariga ko’ra, 2016-yilning yanvar—noyabri yakunlariga ko‘ra, «GM Uzbekistan» aksiyadorlik jamiyati Rossiyada avtomobil savdosi hajmiga ko‘ra 27-o‘rinni egalladi.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, RossiyaFederatsiyasida Ravon brendi ostidagi avtomobillar savdosi 2016-yilning iyulidan boshlandi. Bungacha GM Uzbekistan o‘z avtomobillarini Daewoo brendi ostida eksport qilar edi.

                                                 «O’zavtosanoat» AK axborot xizmati

Boshqa yangiliklar

tepaga