logo
Orqaga qaytish

“GM Uzbekistan” AJda axborot kommunikatsiya texnologiyalari yangi bosqichga ko‘tariladi

24.01.2017

2017 yilning 23 yanvar kuni Toshkent shahrida “GM Uzbekistan” AJ, “UZINFOCOM” Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamda  Toshkent shahridagi Inha universiteti o‘rtasida o‘zaro anglashuv to‘g‘risidagi Memorandumi imzolandi.

 Memorandum eng avvalo “GM Uzbekistan” AJ faoliyatida  joriy etilgan zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish masalalaridagi hamkorlikni, avtomobil sotuvi hamda sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq, shuningdek, aholi va tadbirkorlik sub'yektlari uchun interaktiv onlayn-xizmatlarni joriy etish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutadi.

Mazkur hamkorlik “GM Uzbekistan”ga innovatsion yechimlarni tatbiq etish orqali taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini oshirish hamda mijozlarga xizmat ko‘rsatishdagi mavjud bo‘lgan muammolarni bartaraf etish imkonini beradi.

                                                                         “O‘zavtosanoat” AK axborot xizmati 

Boshqa yangiliklar

tepaga