logo
Orqaga qaytish

“GM Uzbekistan” AJda navbatdagi profilaktika ishlari boshlandi

08.08.2016

Tasdiqlangan ish rejasiga asosan  2016 yilning 8 avgustidan  Asakadagi “GM Uzbekistan” AJda  yillik rejadagi profilaktika ishlarini o‘tkazish boshlandi.

Shuni alohida ta'kidlash kerakki, “GM Uzbekistan” AJning tayyor mahsulotlarni yetkazib berish bo‘yicha shartnomadagi majburiyatlari  o‘z vaqtida to‘liq hajmda  amalga oshiriladi. Zavodda rejali profilaktika ishlarining o‘tkazilishi tashqi hamda ichki bozordagi distribyutorlar va dilerlik korxonalarining avtomobillarni xaridorlarga yetkazib berish grafigiga o‘zining salbiy ta'sirini ko‘rsatmaydi. Avtomobillarni yetkazib berish, xususan,   “R2” va “Nexia R3”  avtomobillarini  oldindan kelishilgan muddatda va miqdorda jo‘natish  ta'minlanadi.

Aytib o‘tish kerakki, “GM Uzbekistan” AJning Xorazm viloyatidagi filiali “Xorazm Avto”  esa 2013 yilda foydalanishga topshirilgani hamda o‘tkaziladigan profilaktika ishlari ishlab chiqarish liniyalarini to‘xtatishni talab qilmagani bois o‘z faoliyatini avvalgidek davom ettiradi.

“O‘zavtosanoat” AK axborot xizmati 

Boshqa yangiliklar

tepaga