logo
Orqaga qaytish

GM vakillari O‘zbekistonning qadimiy shahri Buxoroda One World Futbols to‘plarini tarqatdi

16.06.2016

«GM Operations Uzbekistan» kompaniyasi vakillari Buxoro shahridagi «Murruvat» imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab va Mehribonlik uyiga ushbu hududdagi Chevrolet rasmiy dilerlik markazi xodimlari bilan birgalikda tashrif buyurishdi. Tashrif davomida «One World Play Project» loyihasi doirasida bolajonlarga  «Chevrolet» brendi ostidagi  300 dan ziyod koptoklar topshirildi.

Mehmonlar  tarbiyalanuvchilarni garchi o‘tib ketgan bo‘lsa ham  Bolalarni himoya qilish kuni  bilan tabriklashdi va to‘plarni topshirishdi. Sovg‘alar topshirilgandan keyin  bolalar mehmonlar bilan birgalikda  turli o‘yinlarni o‘ynash bilan mazkur koptoklarni sinovdan o‘tkazishdi.

 O‘z navbatida  Mehribonlik uyi direktori tarbiyalanuvchilarga quvonch bag‘ishlagani uchun GM kompaniyasiga va dilerlarga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.                                                                         

“O‘zavtosanoat” AK axborot xizmati

Boshqa yangiliklar

tepaga