logo
Orqaga qaytish

General Motors Powertrain Uzbekistan - tabiat muhofazasi uchun

14.04.2016

«General Motors Powertrain Uzbekistan» zavodi ishchilari Toshkent viloyati tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi bilan hamkorlikda Zangiota Agrosanoat kasb-hunar kollejida o‘tkazilgan  ekologik tadbirda ishtirok etishdi.  O‘quvchilar uchun  atrof-muhitni muhofaza qilishga yo‘naltirilgan ta'lim dasturi ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Tadbir doirasida  20 dan ortiq  manzarali va mevali daraxtlar o‘tqazildi. Shundan so‘ng kollej talabalari  kompaniyaning ishlab chiqarish va ekologik faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.  Tadbir talabalarni atrof muhit muhofaza qilish,  kasb-hunar kolleji  hududini ko‘kalamzorlashtirishga o‘z hissasini qo‘shishga chorlashi bilan ahamiyatli bo‘ldi. 

Bundan tashqari,  «General Motors Powertrain Uzbekistan» zavodi biologik xilma-xillik o‘yicha loyihani  qo‘llab-quvvatlash doirasida Toshkent xalqaro maktabi o‘quvchilariga ham o‘z eshiklarini ochdi.

Mazkur tadbirning asosiy maqsadi  o‘sib kelayotgan yosh avlodni  kompaniyaning tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha  amalga oshirayotgan ishlari, xususan mahalliy daraxtlar landshafti va qushlarni asrash bilan yaqindan tanishtirishdan iborat. Shuningdek,   o‘quvchilar zavodning yig‘uv sexi faoliyati bilan ham tanishtirildi, yosh bolalar bilan hamkorlikda  mevali daraxtlar o‘tqazildi.  Bundan tashqari mehmonlar  sport musobaqalarida ham ishtirok etishdi.

                                                           “O‘zavtosanoat” AK axborot xizmati

Boshqa yangiliklar

tepaga