logo
Orqaga qaytish

“General Motors Powertrain Uzbekistan” zavodida taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi

01.03.2016

“General Motors Powertrain Uzbekistan” zavodida  zavodning futbol jamoasini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.  Eslatib o‘tamiz, yaqinda “O‘zavtosanoat” AK  tizimidagi korxonalar o‘rtasida mini futbol bo‘yicha o‘tkazilgan  “Vatan himoyachilari Kubogi”da  zavodning futbol jamoasi faxrli uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan edi. Taqdirlash marosimida “GM China”ning ishlab chiqarish bo‘yicha vitse-prezident  Phil Kienle va “GM Korea”ning sifat bo‘yicha  vitse-prezidenti Sherief ElDessoukylar ishtirok etishdi.

“Biznes- bu aynan jamoaviy sport turiga o‘xshashdir”, - deya ta'kidladi  “GM Korea”ning vitse-prezidenti Sherief ElDessouky. -Agar jamoaga bittagina guruh yetishmasa  bu albatta  korxonaning ish faoliyatiga salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Biz  mini futbol Kubogida ushbu g‘alabani qo‘lga kiritish uchun jamoaning  bir yoqadan bosh chiqarib qilgan harakatini yuksak qadrlaymiz, bundan keyingi faoliyatida ham muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

Taqdirlash marosimida jamoa a'zolariga esdalik sovg‘alari va sertifikatlar topshirildi.

“O‘zavtosanoat” AK axborot xizmati   

 

Boshqa yangiliklar

tepaga