logo
Orqaga qaytish

ISHLAB CHIQARISH HAJMI OSHIB BORMOQDA

06.07.2016

O‘zbekiston avtomobil sanoatiga tamal toshi qo‘yilgan ilk yillardan boshlab muvaffaqiyatli faoliyat yuritib kelayotgan korxonalardan biri “Uz-Koram Ko” MCHJ hisoblanadi. Ushbu korxona  tashkil etilgandan buyon o‘tgan davr mobaynida Asaka avtomobil zavodida ishlab chiqarilayotgan yengil avtomobillar uchun plastmassadan tayyorlangan butlovchi qismlarni yetkazib  berib kelmoqda. Raqamlarga e'tibor qaratadigan bo‘lsak, 1997 yilda  korxonada 2,74 million AQSH dollari miqdorida  mahsulot ishlab chiqarilgan bo‘lsa  o‘tgan 2015 yilda ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi  48,6 million AQSH dollariga teng bo‘ldi.  Bu esa korxonada  mahsulot ishlab chiqarish hajmi yildan-yilga oshib borayotganligini ko‘rsatadi.   

 

“O‘zavtosanoat” AK axborot xizmati

Boshqa yangiliklar

tepaga