logo

Investitsion loyihalarni amalga oshirish va maxalliylashtirish boshqarmasi

Rahbar: v.v.b.  Alimov Shafkatbek Shavkatbekovich

Telefon raqami: 140-76-50 3-2300#

Manzil: O'zbekiston Respublikasi, 100047, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur ko'chasi,13

 

Boshqarmaning maqsad va vazifalari

Texnologiyalar sohasida:

Amalda faoliyat yuritayotgan va yangi tashkil topayotgan korxonalarda avtomobillar uchun butlovchi buyumlar ishlab chiqarishning yangi texnologiyalarini joriy etish sohasida muayyan (potentsial) xorijiy hamkorlarni topish va ular bilan hamkorlikni yo'lga qo'yish.

Avtomobillarga butlovchi qismlar va materiallar ishlab chiqaruvchilari uchun-mahalliy va xorijiy kompaniyalar hamda korxonalarning, yangi texnologiyalarni qo'llash sohasi to'g'risidagi ma'lumotlarni yig'ish va tizimlashtirish.

Yangi ishlab chiqarish tarmog'i tashkil qilinayotganda va ishlab turgan korxonalarning ishlab chiqarish texnologiyalarini chuqurlashtirish jarayonida potentsial investorlarni jalb qilish bo'yicha ekspert baholashni o'rganish va o'tkazish

Tadqiqot o'tkazish bo'yicha ishlarni muvofiqlashtirish, ichki va tashqi bozorda raqobatbardosh mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarishni o'zlashtirish va ularni jahon bozoriga olib chiqish.

Texnik siyosat sohasida:

Ilg'or halqaro tajribalarni hisobga olgan holda korxonalar tarmoqlari faoliyatining samaradorligini oshirish, rivojlantirishning texnik strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish.

Korxonalar tarmoqlarini rivojlantirish sohasida qabul qilingan qarorlarning amalga oshirilishini monitoring va nazorat qilish.

Buyumlarning nomenklaturasini aniqlash va kelishish, «O'zavtosanoat» AK va O'zbekiston Respublikasining boshqa korxonalarida ishlab chiqarishning yangi turlarini tashkil qilish bo'yicha takliflarni tayyorlash va tahlil qilish.

Butlovchi qismlar (detallar) ishlab chiqarishni tashkil qilishda, loyihalarning texnikaviy - iqtisodiy asosining texnik qismini ishlab chiqish va ekspertiza qilishni amalga oshirish.

Avtobuslar, yuk mashinalari va “O'zavtosanoat” AK ning turli ixtisoslikka tegishli boshqa avtomobillari uchun butlovchi qismlar ishlab chiqarish bo'yicha, korxonalarning ishlab chiqarish quvvatini ixtisoslashtirish, rivojlantirish bo'yicha takliflarni tayyorlash.

Korxonalarning amaldagi quvvatini tahlil qilish va hisoblash bo'yicha metodik dasturni amalga oshiradi.

Kompaniyaning korxonalari yoqilg'i-energetik manba (resurs)lardan foydalanishlarini tahlil va nazorat qilish.

Kuz-qish mavsumida ishlashga tayyorgarlik rejasining bajarilishini monitoring qilish (kompaniyaning tegishli xizmatlari bilan hamkorlikda)

Tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini ishlab chiqishni tashkil qilish va ularning bajarilishini monitoring qilish.

Mahalliylashtirish sohasida:

Ishlab chiqarilishini o'zlashtirish lozim buyumlarning nomenklaturasini aniqlash va kelishish, butlovchi qismlar va buyumlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo'yicha ishlarni monitoring qilish.

Avtomobillar uchun butlovchi qismlar va mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil qilish masalalari bo'yicha «O'zavtosanoat» AK ning korxonalari faoliyatini muvofiqlashtirish.

Avtomobillar uchun butlovchi qismlar va mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil qilish masalalari bo'yicha boshqa muassasa korxonalariga metodik ko'maklashish.

«O'zavtosanoat» AK ning yangi tashkil qilinayotgan korxonalari butlovchi qismlar ishlab chiqarishga tayyorgarlik rejasining bajarilishini va ishlab chiqarishni boshlash monitoringini amalga oshirish.

Butlovchi qismlarning alternativ etkazib berilishi va ikkilamchi cheklash masalalari bo'yicha kompaniyaning cheklangan korxonalarning faoliyatini monitoring qilish.

Boshqarma faoliyatining ixtisosligi bo'yicha ma'lumotlar va hisobotlarni yuqori instantsiyaga (rahbariyatga) tayyorlash va topshirish.

 

Investitsion loyihalarni amalga oshirish va maxalliylashtirish boshqarmasi.pdf (485 KB)

tepaga