logo

Ishlab chiqarish-iqtisodiy prognozlashtirish boshqarmasi

Rahbar: Musaev Abduraxim Fatahovich

Telefon raqami: 140-76-50 3-2205#

Manzil: O'zbekiston Respublikasi, 100047, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur ko'chasi,13


Boshqarmaning maqsad va vazifalari

Boshqarmaning asosiy maqsadi quyidagicha:

ishlab chiqarish samaradorligini oshirish iqtisodiy shart-sharoit yaratish korxonalari bilan hamkorlikda, bozor munosabatlari sharoitida Kompaniya korxonalarining iqtisodiy rivojlanishining asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish, ishlab chiqarilayotan mahsulotlarning optimal (eng maqbul) bahosini va tannarxini shakllantirishga ko‘maklashish;

mahsulot ishlab chiqarish hajmining, xalq iste'mol mahsulotlari, pullik xizmatlar, eksport, valyuta tushumi,valyuta tushumidan majburiy sotish bo‘yicha tarmoqning joriy, yillik va istiqbolli prognozlarni ishlab chiqishni tashkil qilish va ularning bajarilishi ta'minlanishini monitoring qilish;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi Qarorlariga muvofiq Kompaniya va uning korxonalari xodimlarining daromadlarining o‘sishini ta'minlash bo‘yicha Kompaniya korxonalarida olib borilayotgan ishlarni koordinatsiya qilish (muvofiqlashtirish), muddatli ishlovchilarning Respublika Hukumati tomonidan belgilangan eng kam ish haqi bilan ta'minlanish holatini tahlil qilish;

Kompaniya korxonalariga ishlab chiqarish va prognozlashtirish masalalari bo‘yicha amaliy va metodik (uslubiy) ko‘maklashish;

Kompaniya korxonalariga axborot xizmatlarini ko‘rsatish;


O‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun Boshqarma quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

o‘z tasarrufidagi sohalarga tegishli masalalar bo‘yicha ma'lumotlarni yig‘ish va umumlashtirishni amalga oshiradi;

tarmoq korxonalaridagi o‘zi nazorat qiladigan masalalar bo‘yicha ishlarning holatini o‘rganib chiqadi va Kompaniya Boshqaruvi Raisi va Kompaniya Boshqaruvi Raisining nazorat qiluvchi o‘rinbosari uchun tegishli ma'lumotlar (materiallar) tayyorlaydi;

tarmoq korxonalari rivojlanishining monitoringini, hamda tarmoq korxonalari ishchilarini ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshiradi;

tarmoq korxonalari tomonidan biznes rejalar, ishlab chiqarish xajmi bo‘yicha prognozlar va joriy rejalar, pullik xizmatlar, TNP, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga bo‘lgan talabni hisobga olgan holda eksport qilish ishlarini ishlab chiqishni tashkil qilish va koordinpsiya qilishni amalga oshiradi, monitoring qiladi va ularning bajarilishiga ko‘maklashadi;

korxona faoliyati ko‘rsatkichlarini nazorat qilish bo‘yicha tizimlashtirilgan ma'lumotlar bazasini yaratish va yuritishni ta'minlaydi va ularning doimiy yangilanishini olib boradi;

Kompaniya va korxonalarning to‘lig‘icha iqtisodiy tahlilini amalga oshiradi, ularning ishlarining samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;

korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning tannarxini pasaytirish bo‘yicha ishlarning tashkil qilinishiga ko‘maklashadi;

Yagona tarif setkasi, shtatlar jadvalini shakllantirish, mexnatga to‘lov masalalari bo‘yicha Kompaniya korxonalariga amaliy va metodik (uslubiy) ko‘maklashadi;

Kompaniya ishchilarini moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida nizom ishlab chiqilishini ta'minlaydi, premiya va mukofotlar to‘lash uchun buyruqlar tayyorlaydi va rasmiylashtiradi;

Kompaniya ishchilarini ta'minlash uchun smeta xarajatlari, shtatlar jadvalini tuzadi;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti aktlariga muvofiq Davlat dasturining bajarilishi bo‘yicha tarmoq tadbirlari va hisobotlar tuzadi va ularni yuqori turuvchi organlarga taqdim etadi;

ishlab chiqarishni prognozlashtirish masalalari bo‘yicha Kompaniya korxonalariga amaliy, metodik ko‘maklashish ishlarini tashkillashtiradi;

Kompaniya tasarrufidagi sohalarga kiradigan, masalalar bo‘yicha Kompaniya rahbariyati topshirig‘iga muvofiq tahliliy, ma'lumot va boshqa materiallarni tayyorlaydi;

O‘ziga yuklatilgan boshqa vazifalarni o‘rnatilgan tartibda amalga oshiradi.

 

Ishlab chiqarish-iqtisodiy prognozlashtirish boshqarmasi.pdf (485 KB)

tepaga