logo

“JV MAN AUTO – UZBEKISTAN” MCHJ

Kabulniyazov Yolkin Shukurullayevich

Manzil: Toshkent shahri, 100007,  M. Ulug’bek ko’chasi, 30, 100007

Telefon: (71) 148-80-80; (93) 545-73-60 

Veb-sayt: man-mn.uz 

E-mail: info@man-mn.uz

Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi "JV MAN AUTO UZBEKISTAN" MChJ korxonasini tashkil etish to'g'risida

 

“Jv Man Auto – Uzbekistan” MCHJ 2009-yil 9-avgustida tashkil etilgan. Qo'shma korxona "O'zavtosanoat" AJ va Gеrmaniyaning MAN Nutzfahrzeuge AG" konsеrni hamkorligida tashkil etilgan bo'lib, bunda o'zbеk tomoniga 51foizli, nеmislar tomoniga esa 49 foizli ulush to'g'ri kеladi.

Mazkur qo'shma korxona "MAN SE" kompaniyalar guruhining MDH davlatlari hududida tashkil etilgan birinchi zavodidir.

Kompaniya xodimlari xaridorlarga texnik xizmat ko’rsatish va avtomobillarni ta’mirlash, original ehtiyot qismlarini tezkor yetkazish, ekspluatatsiya bo’yicha professional maslahat berish kabi barcha turdagi xizmatlar ko’rsatiladi. MAN avtomobillari O’zbekistonda katta hurmat qozondi.

“MANTruck&BusGroup” va “O’zavtosanoat” AK o’rtasida tashkil etilgan “JVMANAuto – Uzbekistan” QKning asosiy maqsadi dunyoga mashhur MAN tijorat texnikasini ishlab chiqarish va sotishdan iboratdir.

O’zbek mutaxassislari oldida turgan vazifa oson emasdi. “MAN Truck&Bus AG” “MAN Group” konserni avtomobillar va tijorat yuklarini tashish va transport sohasidagi innovatsion yechimlar bo’yicha dunyoga dong’i ketgan va eng yirik ishlab chiqaruvchilaridan biri hisoblanadi.

Ishlab chiqarishing ilk bosqichlarida neftgaz, avtoyo’l va tog’ ma’danlarini qazib chiqarish kabi iqtisodiyotning ilg’or sohalarida zarur bo’ladigan “TGA” va “CLA” modellari bazasida tirkamali, bortli va turli darajadagi yuk ko’tarish quvvatiga ega bo’lgan samosval tipidagi avtomobillarni ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish reja qilindi. Ayni shu modellar o’zining ilg’or texnologiyasi tufayli Osiyoda mashhurlik qozongan edi.    350 dona TGA 26.400 modelidagi texnika konveyerlardan chiqdi. Bu yerda yig’ilgan tijorat avtomobillari “MAN Auto-Uzbekistan” dilerlik tarmog’i orqali sotildi.

2010-yilning avgustida TGS 19.390 modelini ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. Bu modelning ilk xaridori xalqaro yuklarni tashuvchi “Yevroaziya Logistik Sentr” QK bo’ldi. Ishonchlilik, tejamkorlik va mustahkamlik TGS modellarining ramziga aylandi.

Korxona to’liq vazni 15 tonnadan 41 tonnagacha bo’lgan avtomobillarni ishlab chiqaradi. Barcha butlovchi qismlar Germaniyadan olib kelinadi, yig’ish ishlari esa “SamAvto” zavodining ijaraga olingan maydonida amalga oshirildi. 2012-yilning iyul oyida esa Samarqandda tyagach, shassi va maxsus texnika ishlab chiqaradigan yangi zavodning ishga tushirilishi O‘zbekistonda MAN rusumidagi texnika ishlab chiqarish va sotishdan keyin xizmat ko‘rsatish bo‘yicha universal kompleksni tashkil etishning ikkinchi bosqichi bo‘ldi.

2011-yil oxirida korxonaning ishlab chiqarish liniyasi atigi to‘rt rusumdagi yuk mashinasidan iborat bo‘lgan bo‘lsa, bugun 50 turdan ortiq maxsus yuk mashinalari va maxsus texnika ishlab chiqarilmoqda. Kompaniya bundan keyin ham turli rusumdagi avtomobillar ishlab chiqarishda mijozlarning istaklarini alohida e’tiborga oladi.

Korxona mahsuloti - maxsus yuk mashinalari va maxsus texnika.

 

O`zi ag`dargich

      

   

Boshqa yuk mashinalari

            

 

Axlat tashuvchi

   

 

Avtomobillik kran

   


tepaga