logo
Orqaga qaytish

«JV MAN Auto-Uzbekistan» MCHJ qo‘shma korxonasi eksport chegaralarini kengaytirmoqda

22.04.2016

«JV MAN Auto-Uzbekistan» MCHJ qo‘shma korxonasi  Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlarini   zavodda ishlab chiqarilgan yuk avtomobillari bilan ta'minlash imkonini beruvchi sertifikatni qo‘lga kiritgan edi.  Ayni paytda  mazkur sertifikat bilan  MAN TGS 33.360 6x4  rusumli o‘zi ag‘daruvchi yuk avtomobilini mazkur davlatlarga eksport qilish mumkin.  

 

Yаqinda Qozog‘iston Respublikasida  “O‘zavtosanoat” AK, «JV MAN Auto-Uzbekistan» MCHJ qo‘shma korxonasi  va “O‘zstandart” agentligi vakillari  hamda Qozog‘iston Respublikasi metrologiya va texnik muvofiqlashtirish  qo‘mitasi rahbariyati o’rtasida o‘tkazilgan  uchrashuvda  transport vositalarining turini tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish  masalalari muhokama etildi.   Uchrashuv yakuniga ko‘ra, «JV MAN Auto-Uzbekistan» MCHJ qo‘shma korxonasi Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlariga  eksport qilish uchun katta yuk avtotransport vositalari  (o‘zi ag‘dargich) ni ishlab chiqarishga rozilik oldi. 

O’zavtosanoat AK axborot xizmati

Boshqa yangiliklar

tepaga