logo

Korporativ va mulkiy munosabatlari boshqarmasi

Rahbar: Pak Andrey Vitalyevich

Telefon raqami: 140-76-50 3-2230#

Manzil: O'zbekiston Respublikasi, 100047, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur ko'chasi,13

 

Boshqarmaning maqsad va vazifalari

1.O‘ziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun Bo‘lim quyidagilarni bajarishga majbur:

ushbu nizomda belgilangan funksional majburiyatlarni bajarish;

kompaniya tarkibiga kiradigan korxonalar faoliyati davomida kompaniya va aksionerlar manfaatlarini himoya qilish;

buxgalteriya hisobi va hisoboti Boshqarmasi bilan hamkorlikda, MB №1 shakli bo‘yicha qimmatli qog‘ozlar joylashuvining borishi to‘g‘risida choraklik hosobotlarni va MB №2 shakli bo‘yicha qimmatli qog‘ozlarning yillik hisobotlarini qimmatli qog‘ozlar bozorining faoliyati koordinatsiya (muvofiqlashtirish) va nazorat qilish Markaziga taqdim etish.

O‘zbekiston Respublikasi hukumati va boshqaruvi organlari uchun mo‘ljallangan, qimmatli qog‘ozlar va mol-mulk boshqarmasiga bog‘liq bo‘lgan rasmiy hujjatlarni, hisobotlarni, ma'lumotnomalarni, xulosalar va boshqa hujjatlarni kompaniya rahbariyati uchun tayyorlash;

qimmatli qog‘ozlar va mol-mulk boshqarmasiga bog‘liq bo‘lgan rasmiy hujjatlarni, hisobotlarni, ma'lumotnomalarni, xulosalar va boshqa hujjatlarni kompaniyaning mansabdor shaxslariga taqdim etish;

narxlari kompaniyaning ustav fondiga kiritilgan aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarning aksiyadorlik jamiyatlaridagi harakatini nazorat qilish;

Kompaniyaning mol-mulki va qimmatli qog‘ozlar harakati bilan bog‘liq hujjatlarni vizalaydi;


2. O‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun Bo‘lim quyidagi huquqga ega:

kompaniya boshqaruviga, mol-mulkdan ratsional va samarali foydalanish bo‘yicha takliflar kiritish;

moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalari bo‘yicha o‘tkazilgan, kompaniyaning aksiya paketiga muvofiq darajadagi dividentlarni, kompaniyaga o‘tkazish bo‘yicha aksiyadorlik jamiyatlariga kompaniya nomidan talabnomalar tayyorlash;

kompaniya tarkibiga kiradigan korxonalar rahbarlari va kompaniyaning mansabdor shaxslaridan, funksional majburiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan rasmiy hujjatlarni, ma'lumotnomalarni, xulosalar va boshqa hujjatlarni o‘rnatilgan tartibda rasmiy talab qilish;

Turli mulk shakllariga ega korxonalarning yillik umumiy yig‘ilishlarida ishonchnoma asosida ishtirok etish;

Bo‘lim boshlig‘i o‘z majburiyatlarini bajarmasa, hamda o‘z xizmat lavozimini suis'temol qilsa yoki o‘z majburiyatlariga sovuqqonlik bilan yondashsa, amaldagi qonunchilikka muvofiq ravishda javobgarlikka tortiladi.

 

Korporativ va mulkiy munosabatlari boshqarmasi.pdf (484 KB)

tepaga