logo

Lacettining texnik tasnifi

 

Agar Sizga mashinaning tashqi ko‘rinishi muhim bo‘lsa, Lacetti Sizga mos. Salobatli tashqi va ichki ko‘rinishi bo‘lgan ushbu avtomobilda har tomonlama mutanosiblik, silliq go‘zal shakli, ifodali chiziqlari uyg‘un mujassamlashgan. Lacetti ning ixcham uslubli zamonaviy salonida besh kishi qulay joylashadi. Asboblar paneli o‘z mutanosibligi va turli-tuman xillari bilan ajralib turadi. Xrom qoplangan elementlari va asboblarining joylashuvi puxta o‘ylab chiqilgan. Uning yurish xususiyatlari esa batafsil sinovdan o‘tkazilib, barkamol darajasiga yetkazilgan.

Lacetti kuzovining silliq zamonaviy dizayni — Pininfarina mashhur avtomobil atelesining yutug‘idir (Italiya). Bodomqovoq ko‘zni eslatuvchi oldingi faralari va uzun silliq chiziqli qiyofasi uning yoqimli jozibador ko‘rinishini hosil qiladi. Hashamatli dizayni va keng saloni bo‘lgan 4 eshikli Lacetti — oddiygina oilaviy sedan emas, bu amaliyotga mos bo‘lgan avtomobil nuqsonlarga ega bo‘lmasligini oshkora ko‘rsatuvchi a’lo mashinadir. U har tomonlama sifatning o‘zginasi bo‘lib, juda ko‘p qo‘shimcha funksiyalari va a’lo boshqaruvchanlik qobiliyatiga ega.

 

Batafsil ma`lumot

tepaga