logo

Lokalizatsiya (mahalliylashtirish) korxonalari

O’zbek avtomobillari “narx/sifat” ning optimal nisbati tufayli tezda mashhurlik qozondi. Bunga asosan, komplektlash (butlovchi) qismlari ishlab chiqarishning yuqori darajadagi lokalizatsiyasi sabab erishildi. Lokalizatsiya korxonalarining katta qismi Farg’ona vodiysida, «GMUzbekistan» MChJ yaqinida joylashgan. Ular yig’iladigan yengil avtomobillar va tijorat transportlari uchun zarur ehtiyot qismlarining 50%ini ishlab chiqaradi.

“O’zavtosanoat”da 2014-yilgacha investitsion loyihalari, modernizatsiya dasturlarini amalga oshirish, ishlab chiqarishni  texnik va texnologik tarafdan takomillashtirish, “Navoiy” Erkin industrial-iqtisodiy zonasini barpo etish dasturi, Qo’qonning iqtisodiy salohiyatini rivojlantirish, Namangan va Farg’ona viloyatlarida avtomobil komponentlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo’yicha loyihalar, chet el investitsiyasi yordamida «JV MAN Auto – Uzbekistan» korxonasini tashkil qilish loyihasi ustidan qat’iy monitoring o’rnatilgan.

Barcha amalga oshirilayotgan ishlar doimiy nazorat ostida bo’lib, ular Prezident va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiqlashtirilgan. Bu kabi korxonalarning umumiy soni hozirda 35 tadan oshdi.

Nazoratchi javobgar ishchi guruh o’z yig’ilishlarida yurtimiz avtosanoati sohasida rejalashtirilgan vazifalarning o’z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini, kamchiliklarning bartaraf etilishini, davlat qarorlari yuzasidan kompleks ravishda olib borilayotgan keng ko’lamli iqtisodiy islohotlarning bajarilishini muntazam kuzatib boradi.

O`zbekistonda mahalliy ishlab chiqarishni lokalizatsiya qilish Davlat dasturidan ko`zlangan asosiy maqsad tayyor mahsulot va butlovchi qismlarni ishlab chiqarishda mahalliy xomashyo ulushini oshirishdir. Lokalizatsiya Dasturiga kirgan korxonalar bir qator soliq va bojxona imtiyozlariga ega bo’lishadi. Bu esa, o`z o`rnida, ularga chiqarayotgan mahsulotlar tan narxini sezilarli ravishda kamaytirish hisobiga raqobatbardoshlikni oshirish imkonini beradi.

2013-yilgi lokalizatsiya Dasturiga binoan, “O’zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasiga tegishli korxonalar tomonidan 51 ta loyiha bo`yicha, umumiy qiymati 6864,4 mlrd so’mga teng (prognozlar 6213,7 bo`lishiga qaramasdan) mahsulot ishlab chiqarilgan (110,5 %).  6994,8 mlrd. so’mga teng mahsulot sotildi, shu jumladan, eksportdan 677,03 mln. AQSH dollariga teng mablag` tushdi. Ushbu dastur bo’yicha 96 yangi ishchi o’rni yaratildi.

2015-yil lokalizatsiya Dastur asosida 17 loyiha bo’yicha 173,3 mlrd. so’mlik mahsulot ishlab chiqarish reja qilingan. 

tepaga