logo

Loyihalash va kapital qurilish boshqarmasi

Rahbar: vakant

Telefon raqami: 140-76-50 3-2251#

Manzil: O'zbekiston Respublikasi, 100047, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur ko'chasi,13


Boshqarmaning maqsad va vazifalari

tarmoq korxonalarida qurilish va texnik qayta jixozlanish (qayta qurollanish) strategiyasini aniqlashtirish, ushbu tadbir doirasida, bor bo‘lgan asosiy jamg‘armalardan samarali foydalanish, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish bo‘yicha yangi ishlab chiqarishni (quvvatlarni)tashkil qilishni ta'minlaydigan yagona investitsion siyosat o‘tkazish;

davlatning ichki imkoniyatlari darajasida avtomobil ishlab chiqarishni maxalliylashtirish bo‘yicha yangi quvvatlar(imkoniyatlar) tuzishga yo‘naltirilgan investitsion dasturni amalga oshirish;

tashqi bozor talablarini hisobga olgan holda, uyushmalar va korxonalar tomonidan chiqarilayotgan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan, kredit manbalarini maqsadli ishlatish faoliyatini tahlil va koordinatsiya qilish (muvofiqlashtirish);

kompaniyaning uyushmalari va korxonalari, strukturaviy bo‘linmalari(bo‘limlari) bilan birgalikda, texnik qayta jixozlanish (qurollanish), amaldagi ishlab chiqarishni uning moliyalashtirish manbalarini aniqlagan holda kengaytirish va bajarilishini ta'minlash tadbirlarini va prognozlarini ishlab chiqish;

Kompaniyaning boshqarma va bo‘limlari bilan birgalikda, SNG davlatlari korxonalari va chet el firmalari bilan yangi ishlab chiqarishlarni tashkil qilish va amaldagilarini modernizatsiya qilish bo‘yicha investitsion siyosatni aniqlashtirish va o‘tkazish;

kompaniya tarkibiga kiradigan korxonalarda kapital qurilish sohasida islohotlarning borishini (amalga oshirilishini) tizimli va kompleks o‘rganishni tashkil qilish;

tarmoqning eng muxim ob'yektlaridagi kapital qurilish holatining monitoring qilinishini va tahlil qilinishini ta'minlash;

O‘zbekiston Respublikasi qonunlarining, qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlarining, Vazirlar Mahkamasining kapital qurilish sohasida islohotlarni chuqurlashtirish masalalari bo‘yicha qarorlarining bajarilishi bo‘yicha kompaniya korxonalaridagi xo‘jalik yurituvchi organlar faoliyatining koordinatsiyasini (muvofiqlashtirilishini) ta'minlash;

kapital qurilishda xo‘jalik munosabatlari va boshqaruv tizimining bozor prinsiplarini tadbiq qilish, kompaniya tarkibiga kiradigan korxonalarda bozor infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;

tarmoq korxonalarida qurilish-montaj qilish ishlarini va loyihalashtirishning zamonaviy metodlarini tadbiq qilish, qurilishning normativ-texnik va informatsion bazasini takomillashtirish va yangilash bo‘yicha ishlarni tashkil qilish;

loyihalashtirish va qurilish ishlarini bajarish uchun buyurtmalarni joylashtirishda, kompaniya tarkibiga kiradigan korxonalarda konkurs savdolarini tashkil qilish darajasini ko‘tarish;

tarmoq korxonalarida qurilish faoliyatining shartnomaviy munosabatlari rolini kuchaytirish, qurilishni tashkil qilishning asosiy shakli qilib binolarning “to‘liq tayyor bo‘lguncha(to‘liq tayyor holatgacha)” qilib topshirilishiga o‘tishini ta'minlash;

kompaniya boshqaruvi yig‘ilishida ko‘rib chiqilishi uchun, tarmoqning qurilish va texnik qayta qurollanish(jixozlanish),  investitsion siyosati masalalarini tayyorlash va olib kirish;

Kompaniya Kengashi uchun materiallarni va hujjatlarni tayyorlash;

ichki audit Xizmati bilan bigalikda ishlash, ichki audit o‘tkazilishiga ko‘maklashish, kerakli ma'lumotlarni, xabar va hisobotlarni, Boshqarma faoliyati masalalari bo‘yicha tushuntirishlarni taqdim etish;

xujjatlar bilan ishlashda va ularni ko‘raytirishda, ma'lumotlar berishda maxfiylikka rioya qilish

Kompaniya imidjini buzadigan harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik;

b) Fuqarolik himoyasi, mexnat muxofazasi, yong‘in xavfsizligi,yo‘l harakati xavfsizligi, qattiq qo‘riqlanadigan binolar va o‘ta muxim binolarning xavfsizligini ta'minlashni tashkil qilish sohasida;

fuqarolik himoyasi tadbirlarining bajarilishini tashkil qilish bo‘yicha ishlarning bijarilishida kompaniya korxonalarining faoliyatini tizimli o‘rganishni tashkil qilish.

 

Qurilishni muvofiqlashtirish (koordinatsiya qilish) boshqarmasi.pdf (485 KB)

tepaga