logo
Orqaga qaytish

MAHSULOTLAR TURI OSHIB BORMOQDA

19.05.2016

Poytaxtimizdagi “O‘zekspomarkaz”da mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish, axborot tizimlari va telekommunikatsiya masalalari komplekslarining tarmoq sanoat yarmarkalari boshlandi.

 Shuni alohida ta'kidlash kerakki, yarmarka ishtirokchilari soni yil sayin ko‘payib bormoqda. O‘tgan yili tarmoq sanoat yarmarkasida 165 korxona ishtirok etib, 1200 turdagi mahsulotlarni namoyish etgan va ularning 82 tasi mahalliylashtirish dasturi doirasida o‘zlashtirilgan yangi tovarlar edi. Joriy yilda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, «O‘zagrosanoatmashxolding» xolding kompaniyasi, “O‘zeltexsanoat” aksiyadorlik kompaniyasi, «O‘zagromashservis» uyushmasi tarkibiga kiradigan 220 dan ortiq korxona, shuningdek, kichik biznes sub'yektlari va boshqalar o‘z mahsulotlarini taqdim etmoqda. Ular orasida  “O‘zavtosanoat” AK tizimidagi 40 dan ortiq  ishlab chiqarish korxonalari ham o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etmoqda. Yarmarkaga tashrif buyurganlar O‘zbekiston avtomobilsozlik sanoati, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi, axborot tizimlari va telekommunikatsiya sohasida erishilayotgan so‘nggi yutuqlar bilan ham tanishmoqdalar.

                                                                      “O‘zavtosanoat” AK axborot xizmati

Boshqa yangiliklar

tepaga