logo
Orqaga qaytish

«MAN AUTO-UZBEKISTAN» QO‘SHMA KORXONASIDAN YANGI YUK AVTOMOBILI

05.05.2016

«JV MAN Auto-Uzbekistan» qo‘shma korxonasida bugungi kunda 50 turdan ortiq yuk  avtomobillari va maxsus texnikalar ishlab chiqarilmoqda. Yaqindan boshlab korxonada 10 m3 nominal sig‘imga ega  MAN TGS 41.400 8X4 BB M072 rusumli avtobetonqorishtirgich ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi.  Beton aralashmasini gidravlik usulda orqaga to‘kib berish imkoniyatiga ega mazkur avtomobil tayyor beton qorishmasini kimyoviy va texnologik xususiyatlarini saqlagan holda iste'molchilarga yetkazib berish uchun mo‘ljallangan. Maxsus transport vositasiga o‘rnatilgan aylanuvchi barabanlar beton aralashmasini iste'molchiga yetkazib berguncha tarkibi o‘zgarmasligini ta'minlashga xizmat qiladi. 

Avtomobil baquvvat va tejamkor  MAN D20 dvigateli,  zamonaviy Common Rail yonilg‘i uzatish tizimi hamda 16 bosqichli  mexanik uzatmalar qutisi bilan jihozlangan.    Kuchaytirilgan  ressorli osmalar, barabanli ABS tormoz va  elektron nazorat tizimlari maxsus yuk avtomobilining  har qanday sharoitda ham ishonchingizni oqlashiga kafolat beradi. N3 transport vositasi kategoriyasiga kiruvchi  avtobetonqorishtirgichning g‘ildiraklar formulasi 8x4  ko‘rinishga ega. Maxsus yuk avtomobilining gabarit o‘lchamlari: uzunligi 9 350 mm, kengligi 2 500 mm,  yuk ortilgan holatdagi balandligi 3 840 mm. ni tashkil etadi.  Avtomobilning qayrilish diametri 20,5 m ni tashkil etadi.

 “O‘zavtosanoat” AK axborot xizmati

Boshqa yangiliklar

tepaga