logo

MAN

MAN SE - bu butun dunyoga mashhur nemis mashinasozlik kompaniyasi bo‘lib, avtobuslar, yuk avtomobillari va dvigatellar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Uning tarixi 1758 yildan boshlanadi. Ehtimol, ushbu kompaniya, dunyodagi eng qadimiy mashinasozlik kompaniyasi bo‘lsa kerak.

Uzoq XVIII asrda kompaniya Maschinenfabrik Augsburg-Nürnberg deb nomlanar edi - aynan mana shu yerdan MAN abbreviaturasi (qisqartma so‘z) paydo bo‘lgan. U har doim Myunxenda joylashgan. MANning yangi tarixi 1915 yilda, Nyurnbergda yuk avtomobillarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgandan so‘ng boshlangan.

1923 yil, 40 o.k. quvvatiga ega avtomobillar uchun yoqilg‘ini to‘g‘ridan-to‘g‘ri purkash imkoniyatiga ega birinchi dizel dvigateli konveyerdan chiqdi. Ushbu avtomobil Augsburg shahrida joylashgan, zavodda ishlab chiqarilgan edi.

1924 yil MAN uchun tarixiy sana bo‘lib qoldi: dunyoda birinchi bo‘lib yoqilg‘ini to‘g‘ridan-to‘g‘ri purkash tizimidan foydalanilgan seriyali dizel yuk avtomobili paydo bo‘ldi. Keyingi bosqich kardan uzatmali dizel yuk avtomobilining ishlab chiqarilishi bo‘ldi - uning yuk ko‘tarish quvvati 5 tonnani tashkil qildi.

MAN birinchilardan bo‘lib sferik yonish kamerali dvigatellarni ishlab chiqardi - u yuk avtomobillari uchun maxsus ishlab chiqarilgan edi. MAN ushbu dvigatelni 1937 yildan boshlab ishlab chiqara boshladi.

Ikkinchi jahon urushi davrida MAN tanklar ishlab chiqarish bilan ham shug‘ullandi - “Pantera” nomli tanklarning chiqishi aynan ushbu kompaniyaga tegishli.

Ikkinchi jahon urushidan so‘ng ham MAN brendi aktiv tarzda rivojlanmoqda. Yuk avtomobillar ishlab chiqarishga ixtisoslashganligi sababli urushdan keyingi davrda ham juda ko‘plab buyurtmalar kelib tushmoqda.

50-chi yillar MANning haqiqiy gullab-yashnagan davri bo‘ldi: kam shovqinli hamda yangi avlod dizel dvigatellarini ishlab chiqara boshladi.1958 yildan boshlab MAN tramvaylar ishlab chiqarishni boshladi.

1962 yil Porsche Diesel Motorenbau, MANni o‘ziga qaratib oldi. Brend rivojlanishining yangi davri boshlandi; tramvay ishlab chiqarishning ko‘payishi, MAN AG yanada global brendini yaratish uchun “Gutehoffnungshütte Aktienverein” bilan qo‘shilishi, 1988 yilda MAN, atrof-muhitga minimal zarar yetkazadigan, hamda past-polli avtobuslar ishlab chiqara boshladi. O‘sha vaqtdan buyon MAN, o‘zining ishlab chiqarish quvvatini oshirib kelmoqda.                                                                                                       

Bugungi kunda MAN brendi - bu yuk avtomobillari, avtobuslar va marshrut taksilarining ulkan ishlab chiqaruvchisidir. Kompaniya zavodlari turli mamlakatlarda joylashgan. Bosh ofisi avvalgidek Nyurnbergda joylashgan. Zamonaviy komfortabel turistik avtobus va marshrutkalarning aksariyati bu - shubhasiz MAN hisoblanadi.

 

Кompaniya mahsulotlari narxlari.pdf (1,2 MB)

 

man-mn.uz

tepaga