logo
Orqaga qaytish

“MAN” transport vositalari uchun kabinalar o‘zimizda ishlab chiqariladi

27.07.2016

“O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan “JV Man Auto Uzbekistan” qo‘shma korxonasining Samarqanddagi servis va dilerlik markazida og‘ir yuk ko‘taruvchi “MAN” transport vositalari uchun kabinalar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va yangi texnologiyalarni joriy etishga bag‘ishlangan brifing o‘tkazildi.

Unda hukumatimiz tomonidan yurtimiz avtomobil sanoatini rivojlantirish uchun yaratilgan qulay-shart-sharoitlardan samarali foydalanib bir qancha loyihalar amalga oshirilayotgani ta'kidlandi.  Jumladan “MAN” og‘ir yuk ko‘taruvchi transport vositalari uchun yiliga 3 ming dona kabina ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha loyiha amalga oshirildi.  Buning uchun korxonaga Germaniya, Italiya va boshqa davlatlardan yangi, zamonaviy texnologiyalar keltirib o‘rnatildi.

Mazkur loyihani amalga oshirish bilan korxonada 50 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi. Bu ish joylarida asosan avtomobilsozlik yo‘nalishidagi kasb-hunar kollejlarini bitirgan yoshlar mehnat qilmoqda.

Kabinalarni seriyali ishlab chiqarishga joriy yilning sentyabr oyidan kirishiladi.

                                                                       “O‘zavtosanoat” AK axborot xizmati

 

Boshqa yangiliklar

tepaga