logo
Orqaga qaytish

MAQSAD SOG‘LOM TURMUSH TARZINI TARG‘IB ETISH

25.08.2016

Yevropadan Xitoyga o‘zlari yaratgan mototsikllarda yo‘l olgan gollandiyalik talabalar bir necha kunlarda so‘ng Toshkentga yetib keladi. Ularning mazkur aksiyani o‘tkazishdan ko‘zlagan maqsadlari  dunyo yoshlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va atrof-muhit ekologiyasini asrashga qaratilgan.  Gollandiyaning Endxoven Texnologiya universitetida tahsil oluvchi  23  nafar talabaning tashabbusi bilan yaratilgan elektro mototsikl nomi Storm Pulse bo‘lib, uning dvigateli 95 ot kuchiga ega. Maksimal tezligi soatiga 160 km, akkumulyator zaryadi 380 km masofa bosib o‘tishga yetadi. Storm Pulse yaratuvchilari bilan 4 sentyabr kuni poytaxtimizga yetib kelishadi. 5 sentyabr kuni esa  Toshkent Politexnika muzeyida o‘tkaziladigan uchrashuvda gollandiyalik talabalar yurtimiz yoshlari uchun o‘z mahsulotining taqdimot marosimini o‘tkazishni rejalashtirishgan.

                                                               “O‘zavtosanoat” AK axborot xizmati 

Boshqa yangiliklar

tepaga