logo

«IDAS ELEKTRONIKS SISTEM» MCHJ

Yusupov Avazbek Xoldinovich

Manzil: Andijon shahri, 100090, Industrial ko`chasi, 4

Telefon:  (74) 226-93-07

Veb-sayt: idas.uz

E-mail: info@idas.uz

Korxona ustavi.pdf(2,48 MB)


“IDAS ELEKTRONIKS SISTEM” O`zbekiston-Singapur qo`shma korxonasi 2007-yil 24-mayda tashkil topgan bo’lib 2008-yilda 32 nafar ishchi-xodim bilan GM O`zbekiston qo`shma korxonasida ishlab chiqariladigan Nexia, Matiz avtomobillari uchun CD/MP3 pleyerlarni ishlab chiqarishni yo’lga qo’ygan.

O’tgan vaqt mobaynida korxona ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish ustida katta ishlarni amalga oshirdi. Bugungi kunga kelib, qo`shma korxonada 100 dan ortiq ishchi-xodimlar mehnat qilmoqda. Yangi korxonani tashkil topishi mamlakatimiz yoshlarini ish bilan ta`minlashda, yangi ish o’rinlarini yaratishda, shuningdek yoshlar orasidan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda, radio-elektronika va elektrotexnika sohasida yangi maxsulot turlarini yaratishda hamda chet el investitsiyalarini mamlakatimizga jalb etishda  muhim ahamiyat kasb etadi.

O’z navbatida xorijlik investorlar ham, O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlardan foydalanib, yangi va malakali mehnat bozorlariga kirishga erishmoqda. Bugun, qo’shma korxona Nexia, Matiz, Spark va Lacetti avtomobillari uchun jahon standarti talablariga to’la javob bera oladigan CD/MP3/USB pleyerlar hamda soatlar ishlab chiqarmoqda.Korxonada ishlab chiqarilayorgan maxsulotlar sifati jahon talablariga to’la javob beradi. Yuqori sifat darajasini saqlash maqsadida korxonada muntazam ravishda ichki audit, hamda xalqaro auditorlar tomonidan tashqi auditlar o’tkazib kelinmoqda va bu o’z samarasini ko’rsatmoqda.

2010-yil 19 noyabrda Butunjahon Sifat Kuni doirasida "O`zstandart" agentligida "Sifat iqtisodiy taraqqiyot yo`lida"  mavzuida bo`lib o`tgan konferensiyada "O`zbekistonning eng yaxshi mahsuloti" an`anaviy tanlovining uchinchi bosqichi yakunlandi. Tanlovda mamkakatimizning turli sohalarda faoliyat yurituvchi ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish korxonalari ishtirok etishdi. “IDAS ELEKTRONIKS SISTEM” qo`shma korxonasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar 2010 yilning eng yaxshi mahsuloti ko`rik-tanlovi laureati deb to`pildi.

Qo’shma korxona mahalliylashtirish dasturiga muvofiq ishlab chiqarilayotgan maxsulot butlovchi qismlarini mahalliylashtirish maqsadida yangi texnologiyalarni o’zlashtirmoqda. Korxona 2009-2010 yillarda ishlab chiqarish maydonini kengaytirish maqsadida keng qamrovli qayta ta’mirlash ishlarini olib bordi. Jumladan, korxona 2010-yil Tayvanda ishlab chiqarilgan “SEYI SNS 200” press mashinasi va Yaponiyada ishlab chiqarilgan “KOBELCO” kompressorini sotib oldi. Malayziyaning “Bluemetal SDN BHD” kompaniyasi mutaxassislari texnik ko’magida yangi ishlab chiqarish liniyasi ishga tushirildi va CD/MP3 pleyerlar uchun metal qismlar ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi, jami 10 nafar yangi ish o’rinlari yaratilib, mahalliy yoshlar ishga jalb etildi.

Korxona mahsuloti - CD/MP3 pleyerlar.

tepaga