logo

Malibuning texnik tasnifi


Chevrolet Malibu
- bu Chevrolet kompaniyasidan interyerning sifatli qismlari, yuqori xavfsizlik darajasi va birinchi toifali yurish qismi tasnifiga ega bo‘lgan yangi yetakchi sedan. Malibu kuzovining mustahkamligi bo‘yicha o’rta o’lchamdagi boshqa sedanlardan ustun turadi. Shuningdek, yo‘lda harakatni aniq nazorat qilish uchun ajoyib boshqariluvchanlikka ega.

Bundan tashqari, boshqaruv mexanizmining yuksak darajada ishlanganligi ohista harakatlanishni ta'minlaydi.

Chevrolet Malibuning saloni o‘z sinfidagi avtomobillar orasida eng keng va juda qulay ishlangan. Kuzovning kengligi tufayli Malibu yo‘lovchilar va yuk uchun juda katta bo‘shliqni taqdim etadi.  Avtomobil tuzilishida maxsus shovqin yutuvchi materiallardan foydalanilgan: old osmalar McPherson va ko‘pdastakli mustaqil ort osmalar, dvigatel esa maxsus izolyatsiya qilingan bo‘lmada joylashgani bois salonga ortiqcha shovqin, umuman kirmaydi.

Yangi Malibu avtomobili dunyo miqyosida yuqori darajaga ko‘tariladi. Ushbu sedan dunyoning 6 mintaqasidagi, deyarli 100 dan ortiq davlatda sotiladi. Avtomobilga yangi tejamkor 4 silindrli, hajmi 2,4 l. bo‘lgan 169 ot kuchi quvvatiga ega dvigatel 6 bosqichli uzatmalar qutisi bilan birga o‘rnatilgani bois, avtomobil yuqori dinamik xususiyatga ega.

Narxi: 125 000 000 so`m.

Batafsil ma`lumot

tepaga