logo
Orqaga qaytish

Ma'lumot uchun

01.03.2017

Bugungi kunda yetarli ma'lumotga ega bo‘lmagan  internet saytlari orqali  tarqatilayotgan  noto‘g‘ri ma'lumotlarga  ko‘p duch kelmoqdamiz. Bunga  ijtimoiy tarmoqlarda «Matiz» rusumining  tashqi ko‘rinishi surati va uning «GM Uzbekistan» AJda ishlab chiqarilishiga oid, haqiqatga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydigan  ma'lumot tarqalganini misol  sifatida keltirishimiz mumkin.

«GM Uzbekistan» AJ  kompaniya tomonidan o‘tkaziladigan aksiyalar, ishlab chiqariladigan mahsulotlar turlari va boshqa tadbirlar haqidagi barcha haqqoniy ma'lumotlar faqatgina www.gmuzbekistan.uz va www.uzavtosanoat.uz rasmiy saytlarida hamda kompaniyaning «Facebook» ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida chop etilishini yurtdoshlarimizga ma'lum qiladi.

Boshqa ijtimoiy tarmoq va sahifalarda  tarqalayotgan  ma'lumot va xabarlar «GM Uzbekistan» AJ  faoliyatiga  bog‘liq bo‘lmagani uchun rasmiy va haqqoniy  hisoblanmaydi.

«O‘zavtosanoat» AK axborot xizmati 

 

Boshqa yangiliklar

tepaga