logo

Marketing va sotuvni rivojlantirish boshqarmasi

Rahbar: Qodirov Sarvar Sabirovich

Telefon raqami: 140-76-50 3-2298#

Manzil: O'zbekiston Respublikasi, 100047, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur ko'chasi,13


Boshqarmaning maqsad va vazifalari

Jahon avtomobil sanoati rivojlanishining tendensiya (moyillik, intilishi) va istiqbolini o’rganish;

Hududlar kesimida jahon avtomobil sanoati rivojlanish tedensiyasini tahlil qilish;

Yangi noan’anaviy bozorlarni o’zlashtirish hisobiga avtomobil tarmog’ning o’rtacha istiqbolining eksport potentsialini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish;

Marketing tadqiqotlari;

SHimoliy Afrika va YAqin SHarq, Janubiy Amerika (CHili) davlatlarining bozorlarida, ushbu regionlarning texnik reglamentlariga muvofiqlashtirish uchun avtomobillarni moslashtirish bo‘yicha mahsulotga qo‘yiladigan talab va nazoratni o‘rganishni davom ettirish, (GM O’zbekiston bilan hamkorlikda);

"Man Avto O‘zbekiston" QK tomonidan ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgan past polli avtobuslarni sotish uchun imkon darajada potensial bozorlarni o‘rganish (“Man Avto O‘zbekiston” QK xodimlari bilan hamkorlikda);

O‘zlashtirilishi taxmin qilinayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini, uning ichki va eksport bozorlaridagi sotilish xajmini, o‘rnini tahlil qilish;

Sotish bozorlarini o‘rganish va kengaytirish;

Tashqi bozorlarda avtobus va yuk avtomobillarining korporativ sotilishi bo‘yicha ishlarni yo‘lga qo‘yish;

Rul chambaragi o‘ng tomonda joylashgan avtomobillardan foydalanadigan OTM (Osiyo va Tinch okeani mamlakatlari) davlatlarining istiqbolli bozorlarini qamrab olish uchun, eksport bozorida ishlab chiqarishni tashkil qilish imkoniyatini o‘rganish;

SNG davlatlarining an'anaviy kichik bozorlaridagi o‘rnini mustahkamlash;

 

 

Marketing va sotuvni rivojlantirish boshqarmasi.pdf (483 KB)

tepaga