logo

Matizning texnik tasnifi

Matiz – shaharda yurish uchun oson boshqariladigan avtomobil bo‘lib, ixcham mashina tejamkorligining qadriga yetadigan haydovchilar uchun mo‘ljallangan. Matiz modelida zamonaviy ko‘p funksiyali avtomobil haqidagi dizayner hoyalari ifodalangan. Bu yengil, chiroyli ko‘rinishdagi avtomobilning tashqi ko‘rinishi ifodali bo‘lib, shinam saloni bor. Uning ixcham o‘lchamlari va buriluvchanligi, oson boshqarilishi sababli unga hech qanday tirbandliklar to‘sqinlik qilmaydi.

0,8 yoki 1 l hajmli tejamkor motori tufayli, faqat bir litr yonilg‘i bilan Matiz 22,2 km masofa yura oladi. Katta quvvatli yetti dyuymli vakuumli kuchaytirgichlari bo‘lgan tormozlari shoshilinch tormoz berishda avtomobilning tez to‘xtashini kafolatlaydi.

Foydalanishda tejamkor, ishonchli va qulay bo‘lgan Matiz Siz uchun unutilmas do‘st bo‘lib qoladi, va juda ko‘p a’lo tuyg‘ularni baxsh etadi.

Batafsil ma`lumot

tepaga