logo

Musaev Abdurahim Patahovich biografiyasi va vazifalari

Musaev Abdurahim Patahovich biografiyasi va vazifalari
1969 yilda  Toshkent shahrida tug'ilgan.
Millati - o'zbek.
Ma'lumoti - oliy.
1991-yili Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini iqtisodchi mutaxassisligi bo'yicha tugatgan.
2004-yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan.
2010-yilda Toshkent davlat yuridik institutinining huquqshunoslik mutaxassisligi bo'yicha tugatgan.
1991-1999 yy. - "Nargiz" OAJ bo'lim boshlig'i, boshqaruvi raisi lavozimlarida ishlagan.
1999-2005 yy. - Toshkent shahar iqtisodiyot bosh boshqarmasining moddiy balanslar va tashqi savdo aloqalar bo’limi boshlig'i o’rinbosari, iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish istiqbollari va monitoring bo'limi boshlig'i bo’lib ishlagan.
2005-2008 yy. - Toshkent shahar Shayhontohur tumani hokimining iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo'yicha o'rinbosari.
2008-2011 yy. - O'zbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Tashkiliy- nazorat xizmatining respublika organlarini inspeksiy qilish guruhining inspektori
2011-2017 yy. - "O'zavtosanoat" aksiyadorlik jamiyatining mahalliylashtirish, texnik siyosati va texnologiyalar boshqarmasi boshlig’i, kadrlar boshqarmasi boshlig’I, rejalashtirish va ishlab chiqarish iqtisodiy tahlili boshqarmasi boshlig’i, ishlab chiqarishni iqtisodiy prognozlashtirish boshqarmasi boshlig’i lavozimlarida ishlagan.
2015-2017 yy. - "UZAUTO-INZI" MChJ QK Bosh direktori.
2017 yil oktyabr oyidan boshlab "O'zavtosanoat" aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining rivojlantirish va marketing bo’yicha o'rinbosari.
Oilali, uch farzandning otasi.
 
Musaev Abdurahim Patahovich - Boshqaruv raisi o'rinbosari vazifasini bajaruvchi
Nazoratga olinadigan masalalar:
•    Ichki va tashqi bozorlarning marketing tahlillarini o'tkazish bo'yicha ishlarni muvofiqlashtirish;
•    Kompaniyaning uzoq va qisqa muddatli rivojlanish strategiyasini shakllantirish;
•    Xorijdagi savdo tarmoqlari orqali kompaniya mahsulotlarini xorijiy bozordagi sotuvini kengaytirish va dilerlik tarmoqlarini rivojlantirish;
•    Mahsulot eksportini tashkil etish va rivojlantirish, eksport shartnomalari tuzish;
•    Amalga oshiriladigan eksport jo'natmalarining tahlili va bu orqali valyuta mablag'lari kirimini ta'minlash;
•    Kompaniyaning tashqi iqtisodiy faoliyatini muvofiqlashtirish;
•    O'zaro hamkorlik munosabatlarini qo'llab-quvvatlash;
•    Turli xalqaro tashkilotlar bilan o'zaro hamkorlik;
•    O'zbekiston Respublikasi hududida yangi ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish uchun yirik sarmoyadorlar va hamkorlarni topish;
•    Rahbarlikni amalga oshirishdan tashqari kompaniya boshqaruvi va kengash yig'ilishlarida belgilangan muddatda barcha zaruriy hujjatlarni tayyorlash.

tepaga