logo
Orqaga qaytish

“O‘z-TongXong” qo‘shma korxonasi mahsulotlar turini ko‘paytirmoqda

29.06.2016

«O‘zavtosanoat» AK tizimidagi 35 dan ortiq korxonalar bugungi kunda  yengil va yuk avtomobillari hamda ular uchun butlovchi qismlarni ishlab chiqarmoqda. Ular orasida “O‘z-TongXong” O‘zbekiston Janubiy Koreya qo‘shma korxonasi ham o‘z o‘rniga ega bo‘lib,  mana yigirma yildirki  Asaka avtomobil zavodida ishlab chiqarilayotgan yengil avtomobillar uchun butlovchi qismlar, xususan, sifatli o‘rindiqlar ishlab chiqarmoqda. Korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati yiliga 250 ming jamlam avtomobil o‘rindiqlarini ishlab chiqarish salohiyatiga ega. O‘tgan yillar davomida korxona jamoasi “Nexia”, “Damas”, “Matiz”, “Spark”, “Lacetti”, “Cobalt” avtomobillari uchun  o‘rindiqlar ishlab chiqarish bilan birga turli xalq iste'moli mollari, jumladan voleybol, basketbol, futbol va tennis  koptoklari, elektr isitkichli odeyal hamda sport kedalarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirishdi. Bu esa yurtimizdagi sport tashkilotlari hamda Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasining umuman olganda  yurtdoshlarimizning  sifatli koptoklar va sport oyoq kiyimlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda muhim ahamiyatga ega. O‘tgan 2015 yilning ikkinchi yarmidan boshlab korxonada yangi rusumdagi “Nexia” avtomobili uchun ham o‘rindiqlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.

                                                                     “O‘zavtosanoat” AK axborot xizmati 

Boshqa yangiliklar

tepaga