logo
Orqaga qaytish

“O‘z-Xanvu” MCHJ “Ural Next” avtomobili uchun shovqinni izolyatsiyalovchi qismlarning seriyali ishlab chiqarilishi va eksportini yo‘lga qo‘ydi

19.02.2016

“GM Uzbekistan” AJ tomonidan ishlab chiqariladigan avtomobillar uchun shovqinni izolyatsiyalovchi qismlar ishlab chiqarishga ixtisoslashtirilgan “Uz-Xanvu” MCHJ, 2015 yilda “Gruppa Gaz” OAJning tarmoq zavodlari bilan aloqalar o‘rnatdi va hamkorlikda ishlashni boshladi. Eslatib o‘tamiz “Gruppa Gaz” OAJ Rossiyaning yirik avtomobilsozlik xoldingi hisoblanadi. Kompaniya, mamlakatning o‘nta hududida joylashgan 18 korxonani o‘ziga birlashtiradi. “Gruppa Gaz” - Rossiyadagi tijorat transportlari bozorida yetakchi sanaladi. Bugungi kunda aytish mumkinki, hamkorlik natijasida “Ural Next” avtomobillari uchun shovqinni izolyatsiyalovchi qismlarning seriyali ishlab chiqarilishi va eksporti yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek joriy yilda “JV MAN Auto - Uzbekistan” yuk avtomobillari uchun, “O‘z-Xanvu” MCHJ tomonidan shovqinni izolyatsiyalovchi qismlarni ishlab chiqarish va sotishni boshlash rejalashtirilmoqda.

                                                                         “O’zavtosanoat” AK axborot xizmati

Boshqa yangiliklar

tepaga