logo

"O'zEraeAlternator" MChJ QK

Vafoev Sanjar Obloqulovich

Manzil: Navoiy shahri, 150070, Karmana tumani, “EIIZ” Navoiy, S–3

Telefon: (79) 220-00-16; 220-00-14

Veb-sayt: uea.uz

E-mail: uealternator@uealternator.com, info@uea.uz

Korxona ustavi.pdf (2 MB)


O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 29-dekabr 2010-yildagi PQ-1455 sonli Farmoniga asosan "2011-yil O'zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturi to'g'risida", shuningdek "Navoiy" EIIZ hududida AJ "GM O'zbekiston" jamiyati uchun yuqori texnologiyalarga asoslangan avtomobil generatorlari va kompressorlarini ishlab chiqaruvchi, "Erae CS limited" (Koreya) va AK "O'zavtosanoat" (O'zbekiston) hamkorligida teng taqsimlangan 4,06 mln. AQSH dollar ustav kapitaliga ega MCHJ "O'zEraeAlternator" qo'shma korxonasi tashkil etildi.

"Navoiy" EIIZ hududida avtomobil ehtiyot qismlarini mahalliylashtirish sanoat imkoniyatini o’shishini, zamonaviy texnologiyalardan foydalanishni rivojlantirish, bugungi kunda O'zbekiston avtomobil sanoatining rivojlanishini, mahalliylashtirish darajasini oshirish, xalqaro talablar va standartlarga javob beradigan mahsulot ishlab chiqarish.

Korxona yillik 360000 dona generator va 170 000 dona кompressorlarni  AJ "GM O'zbekiston" tomonidan ishlab chiqariladigan barcha turdagi avtomobillar uchun ishlab chiqarish quvvatiga ega.

Bundan tashqari, korxona o'z mahsulotlarini Respublika hududidagi xizmat ko'rsatuvchi servislarga yetkazib berish bilan birga Rossiya, Qozog’iston hamda Ozarbayjon kabi hamdo’stlik davlatlariga eksport qilmoqda.

Korxona mahsuloti - Avtomobil generator va kompressorlari.

tepaga