logo
Orqaga qaytish

«O‘zavtosanoat” AKda aksiyadorlik jamiyatlarini boshqarishning zamonaviy usullarini amaliyotga joriy etish

16.02.2016

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 24 apreldagi  №PQ - 4720 sonli Qarori ijrosini ta'minlash bo‘yicha  ishlab chiqarishga ixtisoslashgan aksiyadorlik  jamiyatlarida kuzatuv kengashi tomonidan ko‘rib chiqilib, aksiyadorlarning umumiy  yig‘ilishida tasdiqlangan yangi tashkiliy  tuzilma ishlab chiqilgan. Bundan tashqari,  umumiy yig‘ilishda jamiyat ustaviga kiritilgan Nizom jamg‘armasini faqatgina qo‘shimcha aksiyalarni kiritish yo‘li bilan oshirishni ko‘zda tutuvchi hamda xorijiy yuqori malakali menejerlar qatnashishi mumkin bo‘lgan tanlov asosida aksiyadorlik jamiyatlarining ijro etuvchi  organi rahbarlarini tayinlash  kabi zaruriy o‘zgartirishlar muhokama qilindi va tasdiqlandi.

                                                                       «O‘zavtosanoat” AK axborot xizmati

Boshqa yangiliklar

tepaga