logo
Orqaga qaytish

“O'zavtotexxizmat” MChJning 2016 yildagi faoliyati sarhisob qilindi

14.02.2017

Andijon viloyatida “O'zavtotexxizmat” MChJning 2016 yildagi faoliyati yakunlariga bag'ishlangan yig'ilishi bo'lib o'tdi. “Andijon avtotexxizmat” AJ korxonasida o'tkazilgan tadbirda yurtimiz viloyatlari, Toshkent shahri va Qoraqalpog'iston Respublikasidagi hududiy filiallari rahbarlari ishtirok etishdi. Shuni alohida takidlash kerakki, “O'zavtotexxizmat” MChJning barcha hududiy filiallari engil avtomobillar ishlab chiqaruvchi “GM Uzbekistan” AJning yurtimiz hududlaridagi rasmiy dilerlari hisoblanadi. Yig'ilishda o'tgan yil davomida “O'zavtotexxizmat” MChJning hududiy filiallari faoliyati sarhisob qilinib, erishilgan yutuq va yo'l qo'yilgan kamchiliklar to'g'risida so'z yuritildi. Shundan so'ng yig'ilish ishtirokchilari “Andijon avtotexxizmat” AJda ish faoliyatiga joriy etilgan yangiliklar, xususan, dilerlik korxonasi va texnik xizmat ko'rsatish markazidagi ish faoliyati hamda bu erda mijozlar uchun yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishishdi. 

    “O'zavtosanoat” AK axborot xizmati

 

Boshqa yangiliklar

tepaga