logo
Orqaga qaytish

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining "2017-2021 yillarda avtomobil sanoatini boshqarishni takomillashtirish hamda jadal rivozhlantirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi Qarori imzolandi

05.06.2017

O`zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning bevosita boshchiligida tashkil etilgan avtomobilsozlik sanoati o`tgan 23 yillik davr mobaynida mustaqillik yo`lini tanlagan mamlakatimizning rivojlanishi va iqtisodiy yuksalishida mustahkam asoslaridan biri sifatida shakllandi.

Mazkur davr mobaynida respublikamizda avtomobilsozlik tarmog`ini tashkil etish va rivojlantirish, avtomobil vositalarining yangi turlarini o`zlashtirish,  butlovchi va ehtiyot qismlarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, mutlaqo yangi quvvatlarni tashkil etish hamda ilgqor texnologiyalarni ozlashtirish borasida keng ko`lamli ishlar amalga oshirildi.

Avtomobilsozlik sanoatini rivojlantirish hamda takomillashtirish maqsadida qabul qilingan bir qator hujjatlar va huquqiy asos natijasi o`laroq 150 dan ortiq investitsiya loyihalari amalga oshirildi, 2,7 mlrd. doll. dan ortiq miqdordagi sarmoyalar oqzlashtirildi, 25 mingdan ziyod ish o`rinlari yaratildi. Ishlab chiqarilayotgan yengil avtomobillarning turlari butunlay yangilandi va kengaytirildi, yuk hamda avtobus tehnikalarining zamonaviy turlari o`zlashtirildi, dvigatel, sovutish va konditsioner tizimi, generatorlar kabi avtomobil mahsulotlarining mutlaqo yangi turlari o`zlashtirildi.

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 01.06.2017 yildagi PQ-2038-sonli qarorga ko`ra korporativ bosh`aruv tizimini yaxshilash ma`sadida “O`zavtosanoat” AK ning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli qonunchilik talablariga muvofiq – aksiyadorlik jamiyatiga muvofiqlashtirildi.

2017-2021 yillarda “O`zavtosanoat” AJ zimmasiga yangi raqobatbardosh mahsulotlarni o`zlashtirish, sotish bozorlari va eksport qilinayotgan mahsulotlarning nomenklaturasini diversifikatsiyalash, butlovchi qismlar va uzellarni mahalliylashtirish ko`lamini kengaytirish hisobiga import ulushini va mahsulot tannarhini kamaytirish, tub hom-ashyo va materiallar ishlab chiqarishni o`zlashtirish hamda ularning hajmini oshirish bo`yicha tarmoqlararo kooperatsiyani kengaytirish, ishlab chiqarish va operatsion harajatlarni optimallashtirishni ta`minlash kabi bir qator muhim vazifalar yuklatildi.

Hujjatda, chakana savdo hamda aholiga hizmat ko`rsatish tizimini tubdan yaxshilash, zamonaviy talablarga muvofiq samarali savdo usullarini qo`llash va ularning shaffofligini oshirish zarurati alohida ta`kidlangan.

Shu bilan birga, Qarorda “O`zbekiston Respublikasi avtomobilsozlik sohasining 2017-2021 yillarga mo`lallangan Rivozhlanish dasturi”ga ko`ra 835 mln. doll. qiymatiga teng 51 ta investitsiya loyihalarini amalga oshirish vazifasi belgilab berilgan. Hususan, yengil avtomobillarning ikkita yangi modelini ishlab chiqarishni tashkil qilish va mavjud modellarni yanada zamonaviylashtirish, gaz dvigateli bilan zhihozlangan avtobuslarni yig`ish, shuningdek, avtotransport vositalalarining yangi turi bo`lmish – yengil tijorat avtomobillarini o`zlashtirish kabi vazifalar ko`zda tutilgan.

Mazkur dasturning amalga oshirilishi 2021 yilga kelib, tovar ishlab chiqarish hajmining 3 baravarga oshishini ta`minlaydi. Shu bilan birga, importning ishlab chiqarish salmog`iga nisbatini 12,5 foizgacha kamaytirish imkonini beradi. Sohada esa qariyib 29,4 mingga yaqin yangi ish o`rinlari paydo b`ladi.

Shuningdek, qarorda “O`zavtosanoat” AJ tashkilotlarini davlat tomonidan qo`llab-quvvatlashning qator chora-tadbirlari koo`zda tutilgan, jumladan:

eksportga yo`naltiriladigan transport vositalarining butlovchi va ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish maqsadida “O`zavtosanoat” AJ korhonalari tomonidan olib kiriladigan uskunalar, materiallar, hom-ashyo, tehnologik hujjatlar va qoliplar uchun bojhona to`lovlari va soliqlarni to`lashdan ozod etish;

eksportga ortilgan avtobus, yuk transporti, o`rnatma va shatakka olish qurilmalarining to`lovlarini kelib tushishi yoki qayta olib kirish muddatlarini 60 kundan 180 kunga qadar uzaytirish;

“Samarqand avtomobil zavodi” MChJ va “JV MAN Auto-Uzbekistan” MChJ korhonalariga mahsulot yetkazib beradigan, og`ir yuk ko`taruvchi avtotransport vositalari uchun yuqori qo`shilgan qiymatga ega o`rnatma va shatakka olish qurilmalarini, qishloq xo`jaligi qurilmalarini va boshqa mahsulotlarni ishlab chiqarishga ihtisoslashgan “UzAutoTrailer” MChJ korhonasiga mazkur mahsulotlarning raqobatbardoshligini yanada oshirish maqsadida bojhona va soliq to`lovlari bo`yicha bir qator imtiyozlarni berish.

“GM O`zbekiston” AJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan avtomobillar uchun to`lanadigan aksiz solig`ini joriy yilning 1 iyunidan e`tiboran 29% dan 27% ga kamaytirish;

Qarorning faoliyatga tadbiq etilishi, shubhasiz avtomobilsozlik sohasida barqaror rivojlanishni ta`minlaydi. Eng asosiysi, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish ko`lamini kengaytirish, shuning barobarida tarmoqda ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni chuqurlashtirish imkonini beradi.

 «O`zavtosanoat» AJ matbuot xizmati

Boshqa yangiliklar

tepaga