logo

Toshkent Shahridagi Turin Politehnika Universiteti

Sharipov Kongratbay Avezimbetovich

Manzil: Toshkent shahri, 100095, Niyozova ko’chasi, (kichik halqa yo’li), 17

Telefon: (71) 246-70-82

Veb-sayt: polito.uz 

E-mail: info@polito.uz

Toshkent Shahridagi Turin Politexnika Universiteti faoliyatini tashkil etish to'g'risida


Sanoatning yuqori texnologiyaga asoslangan tarmoqlari, sanoat va xo‘jalik obyektlarini loyihalashtirish hamda qurish uchun ilg‘or ta’lim standartlari darajasida oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlashni yanada rivojlantirish va takomillashtirish, oliy ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish maqsadida Toshkent shahrida Turin Politexnika universiteti ochildi.

Toshkentda Turin Politexnika universitetining ochilishi avtomobil ishlab chiqarish sohasida kadrlar tayyorlashning takomillashuvida yangi bosqich bo’ldi. Yangi oliy o’quv yurtida darslar Yevropa yetakchi oliy o’quv yurtlari tajribalariga tayangan holda olib boriladi. Itlaiyaning Turin univeristeti texnika universitetlari ichida Yevropada 7-chi o’rinda, Italiyaning o’zida esa birinchi o’rinda turadi.

Bu yerda mashinasozlik, avtomobilsozlik, axborot-kommunikatsion texnologiyalar, energetika, arxitektura va qurilish bo’yicha mutaxassislar tayyorlanadi. Asaka va Samarqand shaharlaridagi avtomobilsozlik kollejlarida ta’lim olgan yosh bitiruvchilari esa bu yerdagi korxonalarda amaliyot mashg’ulotlarini muvaffaqqiyatli o’tkazib, “O’zavtosanoat” AK xodimlari qatoridan joy olmoqda.

Universitetning kutubxona fondini shakllantirish va uni zamonaviy o‘quv, o‘quv-uslubiy va ilmiy-texnika adabiyotlari bilan to‘ldirishga, o‘quv-laboratoriya bazasi hamda zamonaviy axborot markazini tashkil etilgan.

Universitet, “O’zavtosanoat” AK va “GM Powertrain” QK o’rtasida universitet talabalarini korxonalarga tashrifini uyushtirish to’g’risidagi bitimi mavjud. Unga ko’ra, har juma kuni “turinchilar” darslardan so’ng o’quv jarayonining amaliy tomonidan zavq olish va o’rganish maqsadida zavod ofislari va sexlariga qarab yo’l olishadi. “O’zavtosanoat” AK ofislarida ular avtomobil sanoatini boshqarish sirlarini o’rganishadi va chet el kompaniyalari va qo’shma korxonalar ishi bilan tanishadilar.

Universitetning o’quv rejasida “Mutaxassislikka kirish” fani mavjuddir. Bu fan bo’yicha leksiyalarni mashinasozlik va avtomobil ishlab chiqarish, qurilish va energetika korxonalari rahbarlari olib borishadi. Ushbu darslar talabalarga kelajakda oldiga qo’ygan maqsadlarini aniq belgilash va o’z ijodiy va professional salohiyatini amalga oshirishga katta ko’mak beradi.

Ushbu o’quv jarayonida darslarni ingliz tilida olib borilishiga alohida e’tibor qaratiladi. Bu esa yosh mutaxassislarga dunyoning yetakchi ishlab chiqaruvchilarining “tili”da tarjimonsiz muloqot o’rnatish imkonini beradi.

O’quv jarayonini takomillashtirish va osonlashtirish maqsadida Turin politexnika universitetida Axborot-resurs markazi tashkil etilgan. U orqali talabalar istalgan nashrlar, o’quv va tadqiqot adabiyotlari bilan tanisha oladi.

Xulosa qilib aytganda, oliy o’quv yurti bitiruvchilari korxonalarda ishlab chiqarish va boshqaruv jarayoniga osonlik bilan qo’shilib keta oladigan mutaxassis sifatida chiqishadi.

tepaga