logo

“GM POWERTRAIN UZBEKISTAN” AJ

Saidahmedov Farrux Ibragimovich

Manzil: Zangiota tumani, 111800, “Xonobod” qishlog'i “Qumariq” mahallasi, Istiqlol ko’chasi, 1

Telefon: (371)1480858; (371)1480854

Veb-sayt: gmpt.uz 

E-mail: gmptuz@gm.com

"Jeneral Motors Pauertrein - O'zbekiston" korxonasi qurilishini ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida

 

2008-yilning 28-oktabrida “O’zavtosanoat” AK va “General Motors” korporatsiyasi dvigatellar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “GM Powertrain Uzbekistan” AJ QKni tashkil qilish to’g’risidagi bitimni imzolashdi.  “GM Powertrain Uzbekistan” AJga asos solinishi O’zbekiston mashinasozlik sohasining rivojida muhim bosqichga aylandi. Korxona 1,2 va 1,5 litr hajmga ega DOHC dvigatellarini ishlab chiqaradi. Asakadagi avtomobil zavodidan chiqayotgan avtomobillar ushbu dvigatellar bilan jihozlanadi. Dvigatellarning katta qismi esa «General Motors»ning Hindiston, Janubiy Koreya va boshqa mamlakatlardagi avto yig’ish zavodlariga eksport qilinadi.

Dvigatellar ishlab chiqarish bo’yicha qurilgan zavodning ahamiyatli tomoni shundaki, u blok silindrlariga alyumin golovkalar quyish bo’yicha Markaziy Osiyodagi yagona zavodga aylangan.

Ushbu ishlab chiqarish majmuasining boshqa ahamiyatli tomoni shundaki, “GM Powertrain Uzbekistan”da barcha quyish va yig’ish jarayoni bitta hududda jamlangan.

Bu esa o’z navbatida butlovchi qismlarni tashish bilan bog’liq harajatlarning qisqarishiga olib keladi.

Korxonaning mahalliy mutaxassis va texniklardan iborat tarkibi “General Motors”ning AQSH, Janubiy Koreya, Hindiston va Vengriyada malaka oshirishdi.

Korxona mahsuloti - Avtomobil dvigatellari 1.2, 1.5.

tepaga