Shu kunlarda Toshkentdagi “O‘zekspomarkaz”da IX Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasi bo’lib o’tmoqda. Tadbirning ochilish marosimida ta’kidlanganidek, yarmarkada namoyish etilayotgan yangiliklarning 130 tasi sanoat, 116 tasi qishloq xo‘jaligi sohasidagi dolzarb vazifalarni hal etishga qaratilgan, 130 dan ziyod ishlanma va ilg‘or texnologiyalar sog‘liqni saqlash va farmatsevtika uchun mo‘ljallangan. Iqtisodiyot, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirliklari, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi hamda Fanlar akademiyasi tomonidan tashkil etilgan yarmarkada “O’zavtosanoat” AK tizimidagi Turin politexnika universitetining yosh izlanuvchilari ham o’z ishlanma va ixtirolari bilan ishtirok etishmoqda.
“O’zavtosanoat” AK axborot xizmati