logo
Orqaga qaytish

“Ravon R2” va “Ravon Matiz” eng ommabop avtomobillar reytingidan joy oldi

26.12.2016

2016 yil davomida yurtimiz avtomobilsozlarining samarali mehnatlari evaziga dunyo yuzini ko‘rgan “Ravon R2”  avtomobilidan 22,4 ming donasi eksport bozorida sotilgan bo‘lsa, “Ravon Matiz” avtomobilining 17,6 ming donasi o‘z egalarini topdi. Aynan mana shuning uchun “GM Uzbekistan” AJ tomonidan ishlab chiqariladigan “A” toifadagi har ikki avtomobil jahondagi eng ommabop avtomobil rusumlari reytingining TOP-50taligidan joy oldi. Mazkur reytingda Ravon R2 43, Ravon Matiz esa 47-o‘rinlarni band etgan.

Shuni alohida ta'kidlash kerakki, Chevrolet Spark bazasida ishlab chiqarilgan Ravon R2 sotuvi 2015 yildagiga nisbatan 2,5 baravardan ko‘proqqa oshgan. Ravon Matizga bo‘lgan talab esa 2016 yil davomida  5 baravarga ko‘paygan.

Umuman olganda, 2016 yil natijalariga ko‘ra jahon avtomobil bozorida 4,3 million dona “A” toifadagi avtomobil sotilgan. Bu jihatdan olib qaraganda shahar avtomobillariga bo‘lgan talab 8 foizga oshganini e'tirof etishmoqda mutaxassislar. Eslatib o‘tamiz, shahar avtomobili bu uzunligi 3700 mmdan kichik bo‘lgan ixcham  avtomobil rusumidir.

 “O’zavtosanoat” AK axborot xizmati 

Boshqa yangiliklar

tepaga