logo
Orqaga qaytish

«Robot-android-2016» ko‘rgazmasi o‘tkazildi

25.02.2016

Toshkent politexnika muzeyida «Robot-android-2016» ko‘rgazmasi o‘tkazildi.  1739 yilning 24 fevralida tug‘ilgan fransuz mexanigi Jak de Vakanson mustaqil ovqatlana oladigan o‘rdak yaratdi. Keyinchalik mashhur kashfiyotchining tug‘ilgan sanasi  robotlar kuni sifatida  e'tirof etila boshlandi. Mazkur ko‘rgazmani o‘tkazish uchun ham ushbu sana  muhim asos bo‘ldi.

Ko‘rgazmaga qo‘yilgan robot-eksponatlar Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti, Andijon avtomobilsozlik instituti talabalari tomonidan  yaratilgan.

Ushbu ko‘rgazma doirasida robotlarni yig‘ish va ularni dasturlash bo‘yicha master-klasslar, Rubik kubigini yig‘uvchi robotlar musobaqalari va ko‘plab  qiziqarli tadbirlar o‘tkazildi.

Ko‘rgazma ishtirokchilari homiylarning qimmatbaho sovg‘alari  va yutuqlar bilan taqdirlandi.

“O‘zavtosanoat” AK axborot xizmati    

Boshqa yangiliklar

tepaga