logo
Orqaga qaytish

SAMARALI MEHNAT E'TIROFI

09.06.2016

Mamlakatimizda  GM  uchun dunyo bo‘yicha butlovchi qismlarni yetkazib beruvchilarga   «GM Supplier Quality Excellence 2015» mukofotini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

«GM Operations Uzbekistan» ning  Prezidenti va boshqaruvchi direktori Xektor Villarreal,   yetkazib berilayotgan mahsulotlarning sifatini oshirish va nazorat qilish bo‘yicha  GM International ning mintaqadagi direktori  Djeuel Shi hamda  rahbariyat vakillari 10 dan ortiq mukofotlarni  topshirish uchun «GM Uzbekistan» AJ ga butlovchi qismlarni yetkazib beruvchi korxonalar rahbarlari  bilan uchrashishdi.  «Uz-TongXong Co.», «Uz-Hanwoo»,  «Uz-DongJuPaint Co.», «Uz-Chasis», «Uz-Sungwoo», «Uz-SaeMyung Co.», «Uz-EraeCable», «Uz-Dong Won Co.», «Uz-Erae Climate Control», «Kwangjin Autosistems» qo‘shma korxonalari va  Jizzax akkumulyator zavodi jamoasiga  mazkur mukofotlar topshirildi. 

Taqdirlash marosimida so‘zga chiqqan Xektor Villarreal  o‘zlarining  sidqidildan qilgan mehnati tufayli «GM Uzbekistan» AJ ning muvaffaqiyatiga  munosib hissa qo‘shganligi uchun korxonalar  rahbarlariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.  Shuningdek  kompaniyalar vakillari va Djeuel Shi xonim  ish jarayoni bilan tanishishi maqsadida qator korxonalarga tashrif buyurdi.

       “O‘zavtosanoat” AK axborot xizmati 

Boshqa yangiliklar

tepaga