logo

“UZ-SEMYUNG KO.” QK

Komilov Nodirbek Anvarbekovich

Manzil: Andijon shahri,  182600, Soy ko’chasi, 5а

Telefon: (90) 922-21-24 

Veb-sayt: uzsaem.uz 

E-mail: info@uzsaem.uz

"O'z-SE MYUNG KO." O'zbekiston-Koreya qo'shma korxonasini tashkil etish to'g'risida


“Uz-SeMyung Ko.” O’zbekiston-Janubiy Koreya qo’shma korxonasi yopiq aksiyadorlik jamiyatining 1996-yil 29-iyundagi “Deu Korporeyshn Limited” (“DEU”), “Semyung Metall Ko Limited” (“Semyung”) va “Uzavtosanoat” Aksiyadorlik Kompaniyasi (“UZAVTOSANOAT”) o’rtasida Qo’shma korxona to’g’risidagi Bitim asosida tuzilgan.

Korxona aksiyalarining 50% o’zbek avtosanoatiga, 50% Koreyaning “Semyung Metall Ko Limited” kompaniyasiga tegishli. “Uz-SeMyung Ko.” Andijonda faoliyat ko’rsatayotgan eng yirik qo’shma korxonalardan biridir. Korxonaning asosiy faoliyat turi avtomobillarga istalgan turdagi yoqilg’i baklari va metall shtampli butlovchi qismlarni ishlab chiqarishdan iborat.

“GMUzbekistan” QK ishlab chiqarayotgan avtomobillarning o’rindiqlari “Uz-SeMyung Ko.” QK ishlab chiqargan 100 dan ortiq detallardan iboratdir. Bundan tashqari, “Nexia” rusumli avtomobillarning bamperlar uchun zarbga qarshi bruslari, yirik shtampli panellarning 9 turi va “Damas” avtomobillari uchun yirik shtampli detallar ushbu zavodda ishlab chiqariladi.

Unda 200 dan ortiq xodim faoliyat ko’rsatadi. Yuqori texnologiyalar esa operatsiyalarning asosiy qismini avtomatik tarzda bajarilishini ta’minlaydi, albatta, bunda texnologik jarayonlar uzluksiz va mahsulotlar kamchiliksiz chiqishiga imkoniyatlar oshadi.

Korxonalarda yuqori malakali mutaxassislar faoliyat olib borishadi, ularning ko’pchiligi Janubiy Koreyaning shu kabi zavodlarida o’quv mashg’ulotlarini o’tishgan.

“GM Uzbekistan” QKni mahsulot bilan ta’minlovchi bu zavod “Uz-TongXong Ko.”, “Uz-Koram Ko.” va “Uz-DongWon Ko.” kabi O’zbekistondagi boshqa qo’shma korxonalarga ham o’z mahsulotini yetkazib beradi. “Uz-SeMyung Ko.” uchun 40 dan ortiq butlovchi qismlarni ishlab chiqarish lokalizatsiyasi amalga oshirilgan, ular uchun respublikamizning 10 ta korxonasi xomashyo yetkazib beradi.

Yana 5 ta korxonada 15 dan ortiq turdagi qismlarning lokalizatsiyasini amalga oshirilish ko’zda tutilgan. Biroq xomashyoni respublikamiz ichida yetkazib berish masalasi dolzarb masalalardan biri bo’lib qolmoqda. Bugungi kunda korxona xomashyoni Janubiy Koreya va Rossiyadan keltirmoqda.

Korxona mahsuloti - Yonilg‘i baklari.

tepaga