logo
Orqaga qaytish

SPARTAKIADA-2016

01.06.2016

So’nggi yillarda  turli sohalarda  faoliyat yuritayotgan  korxona va tashkilotlar ishchi xodimlari orasida  sport-sog‘lomlashtirish musobaqalarini tashkil etish  tobora an'ana tusini olmoqda. Ular qatorida “O‘zavtosanoat” AK ham  tizimdagi  40 dan ortiq qo‘shma korxonalarda mehnat qiluvchi ishchi xodimlar o‘rtasida turli sanalar munosabati bilan  sport-sog‘lomlashtirish tadbirlarini o‘tkazib keladi. “Avtosankomplekt” MCHJ tomonidan kompaniya tizimidagi korxona va tashkilotlar o‘rtasida tashkil etilgan Spartakiada musobaqalarining bu galgisi ham Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi “Qizilsuv” sport sog‘lomlashtirish maskanida bo’lib o’tdi. Suzish, yaqin masofaga yugurish, darts, arg‘amchida sakrash, merganlik kabi 20 ga yaqin  shartlardan iborat Spartakiada musobaqalarida “O‘zavtosanoat” AK,  O‘zavtosanoat-lizing, Samarqand avtomobil zavodi va “GM Powertrain Uzbekistan”, ”ManAuto Uzbekistan” qo‘shma korxonalari hamda “GM Uzbekistan” AJ kabi ishlab chiqarish korxonalari jamoalari ishtirok etishdi. Qiziqarli va ko‘tarinki ruhda o‘tgan musobaqalarning yakuniy natijalariga ko‘ra, faxrli o’rinlarni qo’lga  kiritgan jamoalarga hamda turli nominatsiyalar bo’yicha g’olib deb topilgan ishtirokchilarga diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

                                                                      “O’zavtosanoat” AK axborot xizmati

Boshqa yangiliklar

tepaga