logo

SSK “QIZIL SUV” MCHJ

Xoliyev Sobirjon Mannapovich

Manzil: Toshkеnt viloyati, 120078, Bo‘stonliq tumani, Xo‘jikеnt qishlog‘i, Qizilsuv darasi

Telefon: (95) 170-85-55

E-mail: sokol.uz@inbox.ru

Koroxona ustavi.pdf (3.45MB)

 

Sport sog‘lomlashtirish kompleksi “Qizil suv”, Toshkentdan 80 km masofada, Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi Qizil Suv qishlog‘i chegarasida joylashgan. Sport sog‘lomlashtirish kompleksining maydoni 6 gektar.

Hozirgi vaqtda kompleks bir vaqtning o‘zida 110 ta xordiq chiqaruvchilarni qabul qilishi mumkin. Xonalarda barcha qulayliklarga ega 2 ta yotoqxona korpusi mavjud. 8ta kottedj, oshxona, konferensiyalar zali, bilyard xonasi, mini futbol maydoni mavjud. Kottedjlarda barcha qulayliklar mavjud: ovqat pishirish uchun idishlar jamlanmasi bilan jixozlangan oshxona, sputnik televideniyasi, dush, issiq va sovuq suv, (qish va yoz uchun mo‘ljallangan) konditsionerlarga ega. Har bir kottedjda qozon-o‘choq va supa mavjud (o‘tin esa bepul beriladi). “Qizil Suv” maydonining ichida kattalar uchun basseyn va bolalar uchun kichik basseyn bor. Basseyn filtrlash, suvni isitish va yoritish tizimlari bilan jixozlangan. Avtomobillar uchun avtoturargoh ham bor. 100 ta o‘ringa ega oshxona va tibbiyot punkti ham mavjud. Barcha binolarga yong‘indan xabar beruvchi moslama datchiklar o‘rnatilgan.

tepaga