logo

Samarqand avtomobilsozlik kasb-hunar kolleji

Ergashev Ismoil Tashkentovich

Manzil: Samarqand shahri, Mirzo Bedil ko‘chasi 18-a, 140118.

Telefon: (66) 221-75-20, 221-73-91          

Faks: (66) 221-75-20

E-mail: sam_ak2010@inbox.uz

Veb-sayt: samak.uz

Kollej ustavi.pdf (1.72 MB)

 

Samarqand avtomobilsozlik kasb-hunar kolleji O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 29 fevraldagi PK-805-sonli “YOshlar yili” Davlat dasturi to‘g‘risida”gi qarorining 2.2 bandi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, O‘MKHT markazining 30 avgust 2008 yil 164-sonli buyrug‘i, Samarqand viloyat O‘MKHT boshqarmasining 10 sentyabr 2008 yil 182-sonli buyrug‘i asosida tashkil etilgan bo‘lib, 2009 yil 2 sentyabrdan yangi binoda o‘z faoliyatini boshladi.

Kollej direktori: texnika fanlari doktori, professor Ergashev Ismoil Tashkentovich.

Ta'lim muassasasida bugungi kunda 3 ta bosqichda 5 ta yo‘nalish bo‘yicha 742 nafar o‘quvchi ta'lim olib kelmoqda.

Tayyorlov yo‘nalishlari:

1. Avtomobillarni yig‘ish va sinash bo‘yicha texnik-mexanik - 176 nafar

2. Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha texnik-mexanik-238

3. Avtomobil elektr va elektron jihozlari diagnostikasi- 30

4. Avtomobil kuzovi ishlari bo‘yicha texnik-mexanik-90

5. Transportlarda tashish va boshqarishni tashkil etish -208.

Kollejning umumiy hududi 2,4ga bo‘lib, bitta uch qavatli o‘quv korpusi (jami maydoni 4130m2, 3ta ustaxona (1250m2), sportzal (852,8m2) mavjud. O‘quv korpusida 16ta o‘quv xonasi, 1 ta kompyuter, 1ta lingofon xonasi mavjud.

Kollejda 2 ta fan doktori, professor, 2 ta fan nomzodi, dotsent, 2 ta bosh o‘qituvchi, 2 ta уetakchi o‘qituvchi, 6 ta katta o‘qituvchi, 30 dan ortiq oliy ma'lumotli o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatmoqda.

Kollejda 3 ta ustaxona mavjud:

· Mexanik ustaxona  tokarlik, frezalash, parmalash, metall qirqish, jilvirlash dastgohlari, hamda 12 dona verstak va tiskilar, metall kesish arralari, bolg‘alar, egovlar va boshqa chilangarlik anjomlari bilan  jihozlangan;

· Avtomobillar tuzilishi va yig‘ish ustaxonasi  ISUZU avtobusining karkasi,  ISUZU yuk avtomoshinasi, ISUZU yuk avtomobilining kabinasi, elektr payvandlash apparati, avtomobillarni bo‘yash jihozlari, kompressor bilan ta'minlangan;

· Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish ustaxonasi. ISUZU avtotransportining ichki yonuv dvigateli, uzatmalar qutisi, orqa ko‘priklar qirqimlari, ISUZU avtotransport vositasining elektr stendi, ISUZU  avtobusining transmissiyasi (ishchi holatda)  bilan jixozlangan.

Mavjud ustaxonalar o‘quvchilarining o‘quv amaliyotlarini o‘tashi uchun уetarli darajada ta'minlangan va o‘quv jarayonida samarali ishlatib kelinmoqda.

Samarqand avtomobilsozlik kollejining bitiruvchilarini ishga tanlov asosida qabul qilish bo‘yicha Samarqand avtomobil zavodi va Samarqand Avtotexxizmat xududiy birlashmasi, MAN-Auto Uzbekistan qo‘shma korxonasi va bir qancha Avtokorxonalar  bilan shartnomalari mavjud.

Kollej Vasiylik Kengashining 20 nafar a'zosi bo‘lib, kengashga Samarqand Avtomobil zavodi bosh direktori S.S.Urakov raislik qilmoqda. O‘tgan uch yil mobaynida kollej moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, o‘quvchilarga stipendiyalar to‘lash, kollej hududini obodonlashtirish, o‘qituvchilar va o‘quvchilarni ijtimoiy himoyalash uchun “O‘zavtosanoat” AK tarkibiga kiruvchi Vasiy tashkilotlari tomonidan 170mln. so‘mdan ziyodroq mablag‘ sarflangan.

tepaga