logo

Sparkning texnik tasnifi

Chevrolet Spark - rusumli avtomobil – turli davlatlardagi yetakchi dizaynerlarning ijodiy ishlari mevasidir. U boshidan oxirigacha – haqiqiy Chevrolet avtomobilidir. Yangi Spark, diqqatni o‘ziga tortuvchi radiatorning ikki sathli panjarasi va keskin chiziqli qiyofasi bilan, albatta, qayerda bo‘lishidan qat’i nazar butun e’tiborni o‘ziga tortadi. Bundan tashqari, o‘zining ixcham o‘lchami va yuksak boshqariluvchanligi tufayli, Spark har qanday shahar harakatiga «kirib» keta oladi.

O‘ta keng saloni tufayli Spark ichida 170 l. hajmidagi yukni joylashtirish mumkin, o‘rindiqlar 60:40 nisbatida yig‘ilganda esa, yuk hajmi 568 l gacha ortadi. Spark modelining tashqaridan ixcham ko‘rinishiga qaramay, uning keng salonida 5 kishi bemalol va qulay joylashishi mumkin.

Ba’zi avtomobillar o‘ziga xos uslubli ko‘rinadi. Boshqalari sportga xos keskin chiziqli ko‘rinishiga ega. Chevrolet Spark da ularning ikkalasi ham mujassamlashadi. Shahar ichida – u ixcham va oson boshqariluvchan avtomobil bo‘lib, shosse ko‘chalarida u haydovchining barcha harakatlariga sezgir javob beradi, asosiysi – Siz qayerda bo‘lsangiz ham, uning ichida rulda o‘tirish yoqimli bo‘ladi. Boshqacha aytganda, Chevrolet  Spark –avtomobillarni ishlab chiqish sohasida olg‘a qo‘yilgan yangi qadamdir.

Siz buni albatta kutmagansiz – asboblar paneli v «motosiklet» uslubida! Bundan tashqari, asboblar paneli bir qarab hammasini ilg‘ab olish mumkin bo‘lgan tarzda joylashtirilgan, bunda u juda ixcham, foydalanishda ham oson. Yangi Spark  ning analogli spidometri raqamli taxometr bilan jihozlangan, u gabarit chiroqlari yoqilganda ko‘k rang bilan yoritiladi. Markaziy konsolda CD-pleyer va radio bor, u MP3 va AUX-in funksiyalarini ham amalga oshiradi, USB-uyalar esa har qanday ko‘chiriladigan audiomoslamani ulash imkonini beradi. Bundan tashqari, markaziy konsolda mobil telefonlar kabi mayda buyumlarni qo‘yish uchun bo‘lim ham bor. Uzatmalarni o‘zgartirish dastagining oldida esa hatto ikkitali stakan tagligi ham bor.


Barafsil ma`lumot

tepaga