logo

Strategik rejalashtirish boshqarmasi

Rahbar: Tadjiyev Sardor Ubaydullayevich

Telefon raqami: 140-76-50 3-2208#

Manzil: O'zbekiston Respublikasi, 100047, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Amir Temur ko'chasi,13

 

Boshqarmaning maqsad va vazifalari

a) Sohani rivojlantirish strategiyasini shakllantirish haqidagi ma'lumotlarni tayyorlash masalalari bo'yicha:

Jahon avtomobil sanoati rivojlanishining asosiy tendentsiyasi (yo'nalishi) to'g'risida ochiq manbalardan olingan ma'lumotlarni yig'ish, tizimlashtirish va qayta ishlashni amalga oshirish;

Kompaniyaning boshqa bo'limlari bilan kelishilgan holda ko'rsatilgan ma'lumotlar asosida sohani rivojlantirish bo'yicha takliflar tayyorlash;

b) Soha korxonalarini rivojlantirish va modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlanish dasturini ishlab chiqish masalalari bo'yicha;

Soha korxonalarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlanish dasturini Kompaniyaning boshqa boshqarmalari bilan shakllantirish va kelishish bo'yicha ishlarni tashkil qilish;

O'zbekiston Respublikasining manfaatdor vazirlik va idoralari bilan soha korxonalarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlanish dasturini o'rnatilgan tartibda kelishish va tasdiqlatish bo'yicha ishlarni tashkillashtirish;

Soha korxonalarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlanish dasturining amalga oshirilishini monitoring va tahlil qilishni tashkil etish;

v) investitsion loyihalarning loyihaoldi hujjatlarini tayyorlash masalalari yuzasidan:

soha korxonalarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlanish dasturiga kiritilgan investitsion loyihalarning loyihaoldi hujjatlarini ishlab chiqish va muvofiqlashtirish;

Kompaniyada qabul qilingan qarorlarning o'rnatilgan tizimiga muvofiq ravishda loyihaoldi hujjatlarni ichki idoralarda tasdiqlatish bo'yicha ishlarni tashkil qilish;

Kelishuvdan, ekspertizadan o'tkazish, O'zbekiston Respublikasining vakolatli vazirlik va idoralaridan xulosalar olish va loyihaoldi hujjatlarni o'rnatilgan tartibda tasdiqlatish bo'yicha ishlarni muvofiqlashtirish.

O'ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun boshqarma quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

vakolati doirasiga kiradigan masalalar bo'yicha ma'lumotlarni yig'ish va umumlashtirishni amalga oshirish;

Soha korxonalarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlanish dasturining amalga oshirilishini monitoring qilish;

Aktsiyadorlar Umumiy yig'ilishi, Kuzatuv kengashi va Kompaniya boshqaruvining rivojlantirish strategiyasi masalalari bo'yicha qarorlarining bajarilishini nazorat qilish, soha korxonalarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlanishni amalga oshirish;

Boshqaruv, Kuzatuv kengashi va Kompaniya aktsiyadorlarining Umumiy yig'ilishlarining kun tartibida ko'rib chiqilishi uchun tahliliy, ma'lumot beruvchi va boshqa materiallarni tayyorlaydi;

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va ushbu hujjatlarga tegishli, zarur bo'lgan tahliliy ma'lumotnomalarni ishlab chiqadi va tayyorlaydi;

Boshqaruv, Kuzatuv kengashi va Kompaniya aktsiyadorlarining Umumiy yig'ilishlarida hamda Kompaniya boshqaruvi raisi va uning o'rinbosarlari tomonidan o'tkaziladigan yig'ilishlarda ma'lumotlarni tayyorlashda va qarorlarni rasmiylashtirishda ishtirok etadi;

Boshqaruv, Kuzatuv kengashi va Kompaniya aktsiyadorlarining Umumiy yig'ilishlari qarorlari loyihasini kelishuvdan o'tkazishga, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlarning to'liqligiga, materiallarning tayyolanishiga va ishlab chiqish sifatiga javob beradi;

O'ziga yuklatilgan boshqa vazifalarni o'rnatilgan tartibda amalga oshiradi.

 

Strategik rejalashtirish boshqarmasi.pdf (485 KB)

tepaga