logo

“TOSHAFUS” MCHJ

Parpiyev Davlatbek Kudratovich

Manzil: Toshkent shahri, 100070, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli, 53-b

Telefon: (71) 253-05-56; (95) 169-45-56

Veb-sayt: toshafus.uz

E-mail: info@toshafus.uz

Korxona ustavi.pdf (3 MB)

 

“TOSHAFUS” O`zbek–Koreya qo`shma korxonasi 7 sentabr 2007 yilda O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan davlat ro`yxatidan o`tkazilgan. Korxona faoliyati kichik biznesga mansub (XXTUT 14292).

Qo`shma korxonaning 50% O`zbekiston respublikasi OOO”AVTOKOMPLEKT” korxonasi va 50%  Koreya davlati “KFS INTERNATIONAL” kompaniyasiga tegishli.         

Nizomga oid mablag`ning umumiy xajmi 1 450 000 AQSh dollarini tashkil qiladi.

Korxonaning umumiy yer maydoni 5 527 kv.m. ni tashkil etadi, shulardan:

-  ishlab chiqarish sexlari – 5 442 kv.m;

 - ma`muriy xonalar –  85 kv.m.

2008 yildan boshlab “Neksiya” va “Matiz” avtomobillari uchun yoqilg`i nasoslarini ishlab chiqarish korxonaning asosiy faoliyatini tashkil qiladi. Shuningdek korxona 2013 yilda “Lasetti” avtomobillari uchun ham yoqilg`i nasoslarini ishlab chiqarish yangi liniyanisini ishga tushurdi. Asosan korxonaning mahsuloti bilan “GM Uzbekistan” AJ ta`minlanadi.           

2011 yilda avtomobil komponentlari ishlab chiqarish bo`yicha ISO 16949 xalqaro sifat menejmenti sertifikati olingan. 2013 yilda rejaga oid auditdan muvoffaqiyatli o`tib sertifikat muddati 2017 yil fevral oyigacha uzaytirilgan.          

2013 yilda korxona yangi Koreya texnologiyasi bo`yicha lift uskunalarini ishlab chiqarishni o`zlashtirdi. Bu proektni ishga tushirish uchun yangi texnologik uskunalar olindi va ishlab chiqarish binolari qayta ta`mirlandi. Korxona mutaxassislari Janubiy Koreyada amaliy malakalarini oshirib keldilar. Korxonaning ishlab chiqarish quvvati yiliga 350 dona liftni tashkil qiladi.  

Toshkent shahri Hokimiyati shahar kommunal-ekspluatatsiya birlashmasi paytaxtning ko`p qavvatli uylarida yo`lovchi liftlarni almashtirishi sababli 2013 yil dekabr oyidan boshlab “TOSHAFUS” QK birlashmaning yagona yo`lovchi lift ta`minlovchisiga aylangan.

Bundan tashqari bizda ishlab chiqilgan lift uskunalari “Uzavtosanoat” AK, O`zbekistan Respublikasi Bosh sudi, “Zomin” sanatoriyasi va boshqa ko`p ob`yektlarda muvoffaqiyatli ishlatilayapti.

Sanoat kooperatsiyasi asosida butlovchi ishlangan narsa va materiallar, tayyor mahsulotni ishlab chiqarishda lokalizatsiya Dasturini amalga oshirishni ta`minlash bo`yicha mahsus muassasalararo komissiyasini majlisidagi № 302-02/1-68 raqamli dalolatnomaga ko`ra, butlovchi ishlangan narsalar va materiallar, tayyor mahsulotni ishlab chiqarishda 2014 yil 9 oktabr kuni “TOSHAFUS” QK 2014-2016 yillar uchun lokalizatsiya Dasturiga kiritilgan.

Korxona mahsuloti - yoqilg`i  nasoslar va  lift uskunalari.


tepaga