logo
Orqaga qaytish

TOSHKENT SHAHRIDAGI TURIN POLITEXNIKA UNIVERSITETIDA 2016/2017 OʻQUV YILI UCHUN TEST SINOVLARI O‘TKAZILDI

13.07.2016

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 18-apreldagi qaroriga asosan 2016-2017 o‘quv yilida  Toshkentdagi Turin politexnika universitetiga 350 nafar talaba bakalavriat bosqichiga o‘qishga qabul qilinishi to‘g‘risida  avval xabar bergandik. Shundan 200 nafari "Mashinasozlik texnologiyasi" mutaxassisligiga, 100 nafari "Axborot texnologiyalari va sanoatda avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari"  yo’nalishi bo’yicha, "Energetika"  va "Sanoat - fuqarolik qurilishi va arxitektura"  mutaxassisliklari bo’yicha esa  25 nafardan  talabalar qabul qilinishi ko‘zda tutilgan.

Abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish  uchun belgilangan vaqt mobaynida 1281 nafar abituriyent on-layn ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ulardan 1033 nafari o‘z hujjatlarini  topshirgan. Universitetga kirish uchun test sinovlari Farg‘ona vodiysidagi abituriyentlar uchun 27 iyun kuni Andijon viloyatida, yurtimizning boshqa hududlaridan hujjat topshirgan  abituriyentlar uchun esa Toshkent shahrida 11-12 iyul kunlari bo‘lib o‘tdi.

Andijon shahrida  o‘tkazilgan test sinovlarida 48 nafar abituriyent ishtirok etdi. Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida esa  test sinovlari  ikki bosqichda o‘tkazildi.  Test sinovlarining dastlabki kunida  4 ta guruhdagi abituriyentlar  o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazishgan bo‘lsa,  ikkinchi kuni  5 ta guruhdagi  abituriyentlar o‘z bilimlarini sinab ko‘rishdi. Test sinovlari Italiyalik mutahassislar boshchiligida  adolat mezonlari asosida yuqori saviyada o’tkazildi.

 

                                                          “O‘zavtosanoat” AK axborot xizmati

Boshqa yangiliklar

tepaga