logo

Ta’lim muassasalari

Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intelektual va ma'naviy salohiyatiga ega bo'lib, dunyo miqyosida o'z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo'sh kelmaydigan insonlar bo'lib kamol topishi, baxtli bo'lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz.

 

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoev

 

Toshkent shahrida Turin  politexnika univeritetining (www.polito.uz) ochilishi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, “O’zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi va Turin politexnika universiteti hamkorligida amalga oshirildi.

O’zbekiston rivojlanayotgan iqtisodiyotining ijobiy dinamikasi, dunyoda davom etayotgan iqtisodiy pasayishga qaramasdan, birinchi o’rinda iqtisodiy salohiyatni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, ishlab-chiqarishni davomiy ravishda yangilab borish, innovatsiyon texnologiyalarni tatbiq qilish kabi dolzarb masalalarga e’tibor qaratadi.

Aynan shu omillar sabab, Toshkent shahrida Turin politexnika universiteti ochildi. Oliy o’quv yurtining asosiy yo’nalishi sanoat sohasininig eng muhim tarmoqlari hisoblangan mashinasozlik va energetika mutaxassisligi bo’yicha kadrlar tayyorlashdan iborat. Ta’lim asosan to’rt yo’nalishda olib boriladi. Bular mashinasozlik texnologiyalari, energetika, sanoat-fuqoroviy qurilish va arxitektura, informatsion texnologiyalar va BAT (boshqarishning avtomatlashgan tizimlari)dir.

 

Toshkent shahar Turin politexnika universiteti qoshidagi akademik litsey O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 20 sentyabrdagi  “Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti huzurida akademik litsey faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 208-sonli qarori asosida tashkil topgan.

 

Asaka Avtomobilsozlik kasb-hunar kolleji O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 12 maydagi “O‘zbekiston Respublikasida o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-sonli qarorining 1-bandi, 2003 yil 29 oktyabrdagi “Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kab-hunar ta'limiga izchil o‘tishni ta'minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 473-sonli qaroriga hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi O‘rta maxsus kasb-hunar ta'limi markazining 2007 yil 14 avgustdagi 144-sonli buyrug‘iga asosan “UzDEUavto” qo‘shma korxonasi xomiyligida tashkil etilgan.


Samarqand avtomobilsozlik kasb-hunar kolleji O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 29 fevraldagi PK-805-sonli “YOshlar yili” Davlat dasturi to‘g‘risida”gi qarorining 2.2 bandi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, O‘MKHT markazining 30 avgust 2008 yil 164-sonli buyrug‘i, Samarqand viloyat O‘MKHT boshqarmasining 10 sentyabr 2008 yil 182-sonli buyrug‘i asosida tashkil etilgan bo‘lib, 2009 yil 2 sentyabrdan yangi binoda o‘z faoliyatini boshladi. 

asdasd

tepaga