logo
Orqaga qaytish

Toshkent avtomobil va yo‘llar institutida Xektor Villerreal ma'ruza qildi

02.06.2016

«GM Operations» ning O‘zbekistondagi  boshqaruvchi direktori va Prezidenti Xektor Villerreal Toshkent avtomobil va yo‘llar institutiga tashrif buyurdi. O‘z tashrifi davomida u  institut  talabalari va o‘qituvchilariga avtomobilsozlik sanoatidagi trendlar va yetakchi texnologiyalar haqida ma'ruza qildi. 

Mazkur ma'ruza «GM Uzbekistan» AJning “Universitetlar bilan o‘zaro hamkorlik” nomli dasturi doirasida  tashkil etildi. Dasturdan ko‘zlangan maqsad  mamlakat avtomobil sanoati uchun kadrlar yetishtirib beradigan  ta'lim dargohlari bilan o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashdan iborat.  Ma'ruza so‘ngida  institut o‘qituvchilari va talabalar  o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga  yetarlicha javoblar olishdi.

                                                                       “O‘zavtosanoat” AK axborot xizmati        

Boshqa yangiliklar

tepaga